ACHITQILARNING OZIQ OVQAT SANOATIDA TUTGAN O'RNI
Reja
1. Inson organizmida mineral moddalarni ahamiyati.
2. Makroelementlar
3. Mikroelementlar
4.Texnologik ishlovlarni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalarni o‘zgarishi.
Tayanch so‘z va iboralar
Mineral moddalar, mikroelementlar, makroelementlar, qalqonsimon bez, yod, temir, anemiya, magniy, margenets, mis, xrom, ftor.
Tirik organizm tarkibidagi organik moddalar tarkibiga ko‘pgina mineral moddalar, ionlar, kompleks birikmalar kiradi.
Mineral moddalarni miqdoriga qarab ular makro- va mikro-elementlarga bo‘linadi.
Agar organizmda mineral moddalarning miqdori 10-2%, ko‘p bo‘lsa, ular makroelementlar hisoblanadi. Mikroelementlarni miqdori 10-3 -10-5 % ni tashkil etadi. Agar mineral moddalarni miqdori 10-5 % kam bo‘lsa ular ultra-mikroelementlar deyiladi.
Inson organizmiga tushadigan kundalik kimyoviy elementlar (mgda)
Unsur
|
Kattalar
|
Bolalar
|
Unsur
|
Kattalar
|
Bolalar
|
K
|
2000-5500
|
530
|
Sg
|
0,05-0,2
|
0,04
|
Na
|
1100-3300
|
260
|
Co
|
0,2
|
0,001
|
Ca
|
800-1200
|
420
|
|
(vitamin B12)
|
|
Mg
|
300-400
|
60
|
C1
|
3200
|
470
|
Zn
|
15
|
5
|
P043-
|
800-1200
|
210
|
Fe
|
10-15
|
7
|
CO42-
|
10
|
-
|
Mn
|
2,0-5,0
|
1,3
|
I
|
0,15
|
0,07
|
Cu
|
1,5-3,0
|
1
|
Se
|
0,05-0,07
|
—
|
Mo
|
0,075-0,250
|
0,06
|
F
|
1,5-4,0
|
0,6
|
Makroelementlarga kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, xlor va oltingugurt kiradi. Ularni miqdori 100 g mahsulot tarkibida bir necha un va yuz milligramm miqdorida bo‘ladi.
Mikroelementlar organizmda bir necha mkgdan bir necha 100 mkg miqdorida bo‘ladi.
Mikroelementlar shartli ravishda 2 ta guruhga bo‘linadi: absolyut yoki hayotiy zarur (kobalt, temir, mis, rux, marganets, yod, brom, ftor) va ehte'moliy zaruriy (alyuminiy, stronsiy, molibden, selen, nikel, vanadiy va boshkalar). Hayotiy zarur mikroelementlar shunday moddalarki, ular yetishmaganda organizmni normal hayot-faoliyati buziladi.
Insonni oziqlanishida eng tanqis mineral moddalarga kalsiy va temir, ortikchasiga natriy va fosfor kiradi.
Ca …………. Skeletni rivojlanishini sekinlashtiradi.
Mg …………. Muskullarni faoliyatini buzadi.
Fe………..…. Anemiya kasalligini vujudga keltiradi.
Zn…………… Terini zararlaydi, o‘sishni susaytiradi.
I .....................Qalqon bezini faoliyatini buzadi
Makroelementlar
Kalsiy. Tish va suyakni asosiy koponenti hisoblanadi. Bokimyoviy va fizoilogik jarayonlarni ketishida muhim rol uynaydi.
Katta yoshdagi insonlar kuniga 800 mg, bolalar va o‘smirlar 1000 mg iste'mol qiladi.
Kalsiyni manbaiga sut va sut mahsulotlari, pishloq (100 g da 100-1000 mg), ko‘k piyoz, petrushka, loviya hisoblanadi.
Magniy. Bu element fermentlarni faollashuvida muhim rol o‘ynaydi. Nerv sistemasini va yurak muskullari faoliyatini yaxshilaydi.
Kunida 200-300 mg iste'mol qilinadi. Asosan o‘simlik xom ashyolari magniyga boy.
Kaliy. 90% kaliy hujayra ichida uchraydi. Nerv impulslarini uzatishda qatnashadi. Suv-tuz almashuvini boshqaradi.
Kundalik talab 2000— 4000 mg ni tashkil etadi. Kaliy tanqisligi yurak-qon tomiri faoliyatiga buzilishiga olib keladi.
Kaliyga boy manbalarga, o‘rik, uzum, dengiz karami, loviya, noxot, kartoshka sabzovot-mevalar kiradi (100-600 mg/100 g mahsulotda).
Dostları ilə paylaş: |