Moliy a viy tahlil va audit


«Dunyo-M» AJ, «Jomboydonmahsulotlari» AJ, «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda tovar-moddiy zaxiralar tarkibi va ularning salmog‘i 25



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə15/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
5-jadval
«Dunyo-M» AJ, «Jomboydonmahsulotlari» AJ, «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda tovar-moddiy zaxiralar tarkibi va ularning salmog‘i 25

Ko‘rsatkichlar

2021 yil

2022 yil

mln. so‘mda

% da

mln. so‘mda

% da

«Dunyo-M» AJ

Tovar-moddiy zaxiralar, jami

118182,7

100

215398,9

100,0

shu jumladan:





Ishlab chiqarish zaxiralari

117647,8

99,55

209857,6

97,43

Tugallanmagan ishlab chiqarish





Tayyor mahsulot

534,8

0,45

4806,1

2,23

Tovarlar



735,1

0,34

«Jomboydonmahsulotlari» AJ

Tovar-moddiy zaxiralar, jami

76151,2

100

135723,8

100,0

shu jumladan:





Ishlab chiqarish zaxiralari

73509,3

96,53

129306,2

95,27

Tugallanmagan ishlab chiqarish





Tayyor mahsulot

2450,6

3,22

5002,7

3,69

Tovarlar

191,2

0,25

1414,8

1,04

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ

Tovar-moddiy zaxiralar, jami

73713,3

100

123472,7

100,0

shu jumladan:





Ishlab chiqarish zaxiralari

73547,7

99,78

121063,0

98,05

Tugallanmagan ishlab chiqarish





Tayyor mahsulot

165,3

0,22

1918,4

1,55

Tovarlar

191,0

0,00

491,3

0,40

Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi auditi xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
5-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «Dunyo-M» AJ, «Jomboydonmahsulotlari» AJ, «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 2021 va 2022 yillarda tovar-moddiy zaxiralar tarkibida ishlab chiqarish zaxiralari yuqori salmoqqa ega bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, 2022 yilda ishlab chiqarish zaxiralarining tovar-moddiy zaxiralardagi ulushi «Dunyo-M» AJda 97,43 %ni, «Jomboydonmahsulotlari» AJda 95,27 %ni va «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 98,05 %ni tashkil etgan.
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish jarayonida moddiy xarajatlar sifatida namoyon bo‘lib, u sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa tarmoqlarda yaratilayotgan mahsulot tannarxining asosiy qismini tashkil etadi. Shu boisdan mahsulot tannarxini kamaytirshsda tovar-moddiy zaxiralardan oqilona foydalanish zarur. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi bo‘yicha asosiy axborot manbalari tarkibida material hisoboti muhim o‘rin tutadi. Material hisobotida hisobot davrida materiallarning kirimi, chiqimi va qoldiqlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. Quyidagi jadvalda «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 2022 yilda 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» bo‘yicha material hisoboti berilgan
6-jadval
«Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 2022 yilda 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» bo‘yicha material hisoboti26

Donni qabul qilish punktlari

Hisobot davri boshiga qoldiq

Kirim

Chiqim

Hisobot davri oxiriga qoldiq

miqdori, tonna

summa, mln. so‘mda

miqdori, tonna

summa, mln. so‘mda

miqdori, tonna

summa, mln. so‘mda

miqdori, tonna

summa, mln. so‘mda

Baxmal donni qabul qilish punkti

6372

60,3

5740

44,8

8837

80,8

3275

24,3

G‘allaorol donni qabul qilish punkti

5964

232,5

17055

135,5

17078

256,1

5941

111,9

Zafarobod donni qabul qilish punkti

8756

360,6

108010

614,1

91849

634,3

24917

340,4

Markaziy ombor

215445

1629,7

1288601

5813,2

1262976

5380,1

241070

2062,8

Paxtakor donni qabul qilish punkti

14759

1626,8

2174169

8799,3

2168158

8316

20770

2110,1

JAMI

251296

3909,9

3593575

15406,9

3548898

14667,3

295973

4649,5

6-jadval ma’lumotlariga ko‘ra «Jizzaxdonmahsulotlari” AJ tarkibida 5 ta don qabul qilish punkti mavjud - Baxmal donni qabul qilish punkti, G‘allaorol donni qabul qilish punkti, Zafarobod donni qabul qilish punkti, Markaziy ombor, Paxtakor donni qabul qilish punkti. 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» bo‘yicha yil boshida qoldiq 3909,9 mln. so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 15406,9 mln. so‘mlik zaxira kirim qilingan bo‘lsa, mazkur davrda 14667,3 mln. so‘mlik zaxira sarflanib, davr oxirida mazkur schetda 4649,5 mln. so‘mlik zaxira qoldig‘i mavjud bo‘lgan. Ushbu don qabul qilish punktlari orasida eng yirigi Markaziy ombor hisoblanib, mazkur punktda 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» bo‘yicha 2022 yil oxirida 2062,8 mln. so‘mlik qoldiq mavjud bo‘lgan.


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talabalariga binoan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z tasarrufidagi aktivlar, xususan, tovar-moddiy zaxiralar xususidagi axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berishi talab etiladi. «Zaxiralar» nomli 2-sonli MHXSga muvofiq, moliyaviy hisobotlarda quyidagilar ochib berilishi zarur:
«zaxiralarni baholash uchun qo‘llaniluvchi hisob siyosati, shu jumladan qo‘llanilgan tannarxni hisoblash usuli;
zaxiralarning umumiy balans qiymati va ushbu korxona tomonidan foydalaniluvchi turlar bo‘yicha zaxira qiymati;
zaxiralarni sotish xarajatlarini chiqarib tashlagan holda joriy qiymat bo‘yicha hisobga olingan balans qiymati;
hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olingan zaxiralar miqdori;
hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olingan zaxiralarning har qanday arzonlashtirish summasi;
hisobot davrida xarajatlar tarkibida aks ettirilgan zaxiralar qiymatini kamaytirish sifatida tan olingan arzonlashtirishga nisbatan qayd etish summasi;
zaxiralar qiymatini pasaytirishga sabab bo‘lgan holatlar yoki hodisalar;
majburiyatlarni bajarish uchun ta’minot sifatida garovga qo‘yilgan zaxiralarning qiymati»27.
Bizning fikrimizcha, tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etishda xalqaro standartlarning qo‘llanilishi quyidagilarga imkon beradi:

  1. Moliyaviy hisobotda zaxiralar to‘g‘risida ma’lumotlarning to‘liq ochib berilishi buxgalteriya axborotlarining aniqliligi va shaffofliligini ta’minlaydi.

  2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida zaxiralarni tan olish vaqti aktivni o‘tgan voqealar natijasida tashkilot tomonidan nazorat qilinuvchi resurs sifatida umumiy tushunishga tayanib, undan iqtisodiy naf olinishi munosabati bilan zaxiralar hisobda ular ustidan nazorat o‘rnatish va iqtisodiy foyda olish imkoniyati bo‘yicha tan olinishi kerak.

  3. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha operatsiyalar xususiyatlarining mohiyati va mazmuni ularni turli belgilar bo‘yicha tasniflash, baholash va axborotni ochib berishga yordam beradi.

Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirish moliyaviy hisobot auditida eng ko‘p vaqt talab etiladigan ob’ektlardan biri hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralar auditining sifatli o‘tkazilishi va yetarlicha auditorlik dalillarini to‘plashda tahliliy amallardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tahliliy amallarni qo‘llashda «Tahliliy amallar» nomli 520-son auditning xalqaro standartidan foydalanish talab etiladi. Mazkur standartda mohiyati bo‘yicha tahliliy amallar, oddiy va murakkab tahliliy amallardan foydalanish tavsiya etilgan.
Tahliliy amallarning auditorlik tekshiruvlari qo‘llanilishi schetlar o‘rtasidagi aloqadorliklarga baho berish, yillar davomida yuz berayotgan tendensiyalarni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari tahliliy amallar orqali biznes-rejada qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish darajasiga baho berilib, prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Tahliliy amallar qo‘llash oson va kam xarajatlarli usul hisoblanadi. Ushbu usulni qo‘llash nafaqat tashqi auditorlik tekshiruvlarida, balki ichki audit jarayonida ham samarali hisoblanadi.
7-jadvalda tahliliy amallar qo‘llanilib, «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda buxgalteriya balansi aktiv va passivi tarkibi va ularning harakatchanligi tahlili keltirib o‘tilgan. Tadqiqot davomida tovar-moddiy zaxiralarni tannarxini aniqlashda milliy va xalqaro talablar qiyosiy tahlil qilindi. Tahlil natijasida o‘zaro farqli jihatlarga aniqlik kiritildi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin