Moliy a viy tahlil va audit


Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublar



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə18/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28

13.3.3. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublar


Tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik korxonalarining faoliyatini tartibga soluvchi Qonunlari, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va bozor munosabatlariga bag‘ishlangan farmonlari, asarlari hamda ko‘rsatmalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining iqtisodiy tahlil va audit uslubiyotiga oid me’yoriy hujjatlari, auditorlik faoliyati milliy standartlari, shuningdek, xorijlik va respublikamiz iqtisodchi olimlarning moliyaviy tahlil va ichki auditni takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari hisoblanadi.


14.3.4. Tadqiqotni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar


Tadqiqot mavzusi yuzasidan rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish imkoniyatlarining mavjudligi,tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish,tovarlar va tayyor maxsulotlar xolatini inventarizatsiya qilishning zamonaviy usullarini tahlil qilish, O‘zdonmaxsulot AJ ga qarashli korxonalarda tovar moddiy zaxiralarini auditini o‘tkazish imkoniyatlari bo‘lishi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi, O‘zdonmaxsulot AJ korxonalari ma’lumotlari kerak bo‘ladi.


15.3.5. Tadqiqot jarayonida kutilayotgan muammolar va ularning yechimi


Tadqiqot jarayonida kutilayotgan muammolar tovar- moddiy zaxiralar auditini takomillashtirishning nazariy asoslarini aniqlash yo‘nalishlarida paydo bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot mavzusidagi masala hali mamlakatimiz uchun yangi amaliyot hisoblanadi va shu sababdan tadqiqot jarayonida tovar- moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, mavzuga ijodiy yondashib, ko‘proq ikkilamchi ma’lumotlarga tayanib tahlil qilinadi.

16.3.6. Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar


Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar tovar –moddiy zaxiralar auditini takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqish, moddiy qiymatliklar va tovarlar zaxirasi bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini auditini rasmiylashtirish tartibini baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar –moddiy zaxiralar auditining nazariy asoslari, xususiyatlarini aniqlash va vazifalarini tadqiq etish, tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish uslubiyatini takomillashtirish, tovar-moddiy zaxiralari auditini o‘tkazishda unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va ular tizimida korxonada moddiy qiymatliklar holatini tahlil qilish, zaxiralar xolatini nazorat qilish yo‘llarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin