9-jadval Korxonada auditorlik tekshiruvi o‘tkazish namunaviy umumiy rejasi Auditning umumiy rejasi
Tekshiriladigan tashkilot
Audit davri kishi-soatlar miqdori
Auditorlik guruhining rahbari
Auditorlik guruhining tarkibi
Rejalashtirilgan auditorlik riski
Rejalashtirilgan jiddiylik darajasi
Auditni bevosita o‘tkazish jarayoni (dasturni bajarish)
8
Bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash
9
Tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va h.k.
Auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xulosasini imzolash huquqiga ega rahbar Auditorlik guruhining rahbari sifatida ishtirok etadi.
3. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baxolash. Auditor Oxangaronsement AJda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baxo berishi kerak. Bu moliyaviy hisobotlar aniqligiga ta’sir etuvchi xatolar vujudga kelish extimolini aniqlash uchun lozim. Baxolash asosida auditorlik protsedurasining mazmunini, masshtabi va soni aniqlanadi.
4. Auditorlik dalillarini to‘plash (audit ma’lumotlari). Auditor o‘z tekshiruvi jarayonida dalillar to‘playdi. Bu dalillar moliyaviy hisobotlar amaldagi qonunchilik va buxgalteriya hisobi me’yoriy xujjatlariga amal qilingan xolda tayyorlanligini isbotlashi kerak.
5. Auditorlik xujjatlarini rasmiylashtirish.
Muximi auditorlik dalillari xujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Zaruriyat tugilganda auditorlik protsedurasi uchun ish xujjatlari (vedomostlar, sxemalar va boshqalar) tuzilgan bo‘lishi kerak. Auditorlik xujjatlari auditorning mulkidir, ammo ulardagi axborot konfidensial bo‘lib, uni mijozning roziligisiz foydalanish va ovozga kuyish mumkin emas.
6.Auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti.
Auditor tekshiruv natijalarini auditorlik hisobotida va xulosasida aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotlarni to‘g‘riligini belgilashda ularni harakatdagi qonunchilik va me’yoriy xujjatlarga mos kelishiga e’tiborni karatishlari zarur. Chegaralangan xulosa salbiy xulosa va xulosa berishdan bosh tortish auditor tomonidan asoslangan bo‘lishi kerak.
Auditorlik firmalari mijozlarni tanlashdagi asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:
- tarmok harakterini baxolash;
- auditorlik tekshiruvi maqsadini aniqlash;
-rahbarlarning xususiyatlarini oydinlashtirish, auditning
sermexnatliligini va kiyinligini oldindan baxolash;
- audit natijalari to‘g‘risidagi oldingi auditor xulosalarini sharxlari bilan tanishishi;
- mijozning soliq organlari, banklar, xamkorlar, aksionerlar bilan o‘zaro munosabatlari harakteri va muammolarni aniqlash;
- tavsiyalar olish (boshqa tashkilotlardan, mo‘taxassislardan);
- hisobotni analitik tekshirish;
- mijozning buxgalteriya hisobi va hisobotlarning xolati, hamda joriy va kelgusi davr muammolari bilan dastlabki tanishuvi;
- auditorlik firmasi yoki auditorning ish bajarish bo‘yicha o‘z kobiliyatining zarur xodimlari mavjudligi va mijoz tarmogini bilishi nuktai nazaridan baxolash lozim. Agar yuqoridagi bosqichlar auditning yuqori xatari bilan bog‘liq bo‘lsa yoki auditor uchun vazifa juda murakkab bo‘lgan xollarda mijoz xizmat ko‘rsatishga qabul qilinmaydi. Audit vakolati shaxslarning korxonalarda amalga oshirilayotgan buxgalteriya hisobi va hisobotlarini to‘g‘ri yuritish, ularning me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi, asoslanganligi, moliyaviy xisobatlar yuritilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri kelishini aniqlashda o‘tkaziladigan moliya xujjatlarining ekspertizasi va taxlilidir.
Auditni rejalashtirish maqsadi. Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zvrur bo‘lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni audit qilishning umumiy rejasi va dasturini tuzish jarayonida ichki nazorat tizimining samaradorligi hamda tanlab tekshirish imkoniyatlari va jabxalari baxolanadi. Nazorat sifatini oshirish uchun rejada tekshiruvni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin bo‘lib, ular jumlasiga: Birinchidan - auditorlik tekshiruvini rejalashtirish, ya’ni dastlabki rejalashtirish, dastlabki taxlil; Ikkinchidan - fakt va ma’lumotlar vaktni auditorlik tekshiruvining aloxida tarkibiy qismlari o‘rtasida taksimlagan xolda to‘plash; Uchinchidan - tizimning ishini tekshirish va bu xakda xulosa chiqarish; To‘rtinchidan - hisobotni yozish va taxrir qilish, uni tekshiruv o‘tkazilgan korxonada muxokama qilish, tekshiruv natijasida berilgan tavsiyalarning bajarilishini tekshirishni kiritish mumkin. Auditorlik tekshiruvining soatli rejasi ikki bosqichida ya’ni auditni rejalashtirish va tekshiruvning bosqichlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishning ahamiyati kattadir. Rejalashtirish jarayoni tamomlanganidan keyin kolgan vaqtni auditorlik tekshiruvining boshqa bosqichlarini bajarish Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish rejasini tuzishda oldingi tajriba, tekshiriladigan korxonaning vakolatlari va funksiyalarining murakkabligi darajasi, xodimlarning ish malakasi va katta auditorlarning jalb qilinish darajasi va ishlarni bajarish va hisobot tayyorlash muddatlarining ahamiyati katta.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog‘ida ko‘p xollarda mijoz faoliyatini 100% to‘liq tekshirish mumkin bo‘lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatish zarur.
Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo‘limlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati bilan kelishish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo‘lib koladilar. Ko‘p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastqadarini batafsilroq taxlil etish bilan bog‘liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko‘zda tutish, auditorning tekshiruv chog‘idagi xatti-harakatlari mijoz korxona raxbariyati uchun tushunarli bo‘lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan xujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo‘ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
Stanlartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so‘ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro‘yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib, unda tekshirilishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobining barcha bo‘limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini taxlil qilish bo‘yicha ularning barcha xatti - harakatlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo‘lib xizmat kiladi, dasturning har bir bo‘limi bo‘yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Auditor o‘z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilishining to‘g‘riligini o‘z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining xolati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo‘lgan nazorat amallarining mazmunini, o‘tkazish vaqtini va hajmini aniqlash.
Auditni rejalashtirish bo‘yicha hujjatlarda quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi:
- audit o‘tkazish muddati va ishlarning davomiyligi; bajariladigan ishlar hajmi;
- auditor qo‘llaydigan usullar va amallar.
Auditor o‘z rejasini tekshiriladigan korxona raxbariyati va xodimlari bilan muxokama qilishi mumkin. Bu o‘tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadn.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq xisobga olish uchun eng avvalo:
- auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shartnomasi shartlarini o‘rganishi;
- o‘tkaziladigan auditning eng muxim masalalarini ajratib olishi;
- maxsus e’tibor talab kiladigan shartlarni aniqlashi;
- tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini xisobga olgan xolda yangi qonunlar, nizomlar, yo‘riknomalar va boshqa aloqador me’yoriy xujjatlarning auditga ta’sirini o‘rganishi;
- tekshiriladigan korxonaning xisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi;
- ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini taxlil qilishi;
- korxonaning aloxida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo‘limlari va maxsus bo‘linmalarida audit o‘tkazish maqsadga muvofiqligini o‘rganishi;
- ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlashi lozim.
Auditorlik tekshiruvi chog‘ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiklaydigan, asosiy xujjatlardan bo‘lib xisoblangan, ish xujjatlarini tuzishlari lozim. Bu xujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar va bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo‘lishi lozim. Xususan quyidagilar ko‘rsatiladi: tekshiruv o‘tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan xujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa xujjatlar ro‘yxati; amaldagi qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari to‘g‘risida auditorning fikolari; mijozning moliyaxo‘jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek ish xujjatlarida: mijoz korxonaning ichki xo‘jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jixxtlarini ajratib ko‘rsatgan xolda); utgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. Ish xujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to‘plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur xollarda auditor xakikatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun yetarli guvoxliklar to‘planganligini ham baxolashi zarur. Ish xujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan fark kilmasligi o‘ta muximdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo‘lishi lozim.
Ish xujjatlarida aks ettirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi. Auditorning ish xujjatlari maxfiy xisoblanadi. Audit yakunlanganidan so‘ng ish xujjatlarini ximoyalash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilishi kerak Ish xujjatlari begona shaxslarga, agar boshqa xolatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, faqat mijoz korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin. Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o‘rganilib, bayon qilinadi va o‘tkaziladigan tekshiruvning asosiy o‘lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda to‘rgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari xujjatlashtirilishi lozim. Shuning uchun rejalashtirishning birinchi bosqichida auditor tekshiradigan korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi lozim:
- korxona faoliyatining bayoni, buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy to‘zilishining bayoni;
- boshqaruv tizimining bayoni;
- tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobining kiskacha taxlili.
Bunda auditor korxona to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotni to‘playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muxim ma’lumotlar va xujjatlar nusxalaridan iborat doimiy xujjatlar to‘plamini shakllantiradi. Ushbu to‘plam xozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo‘lib kolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki xisob tizimini, agar ular sezilarli larajada o‘zgarmagan bo‘lsa, qaytadan o‘rganib chiqishga extiyoj kolmaydi. Shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o‘tkazganida ham ushbu doimiy to‘plamdan foydalanib, zarurat bo‘lganda uni yangilab boradi.
Doimiy to‘plamda quyidagilar saqlanishi lozim:
- tasis xujjatlarining nusxalari yoki bayoni;
- korxonaning davlat ro‘yxatidan utganligi haqida malumotlar;
- korxonaning maslahatchilari haqida ma’lumotlar;
- korxonaning bankdagi schetlari haqida ma’lumotlar;
- tekshiriladigan korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, sug‘urta kompaniyalari, haridor va buyurtmachilar va boshqalar) bilan tuzilgan turli shartnomalari hamda mexnat shartnomalarining nusxalari;
- tashqi tekshiruvlar (boshqa auditorlar, soliq inspeksiyasi) ning tekshiruv materiallari.