6-rasm. 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi29 Tovar-moddiy zaxiralar tarkibida tayyor mahsulot va tovarlar ham muhim salmoqqa ega hisoblanadi. Ba’zi holatlarda xaridorlar tomonidan turli sabablarga ko‘ra tayyor mahsulotlar va tovarlarning qaytarilishi holatlari uchrab turadi. Schetlar rejasida qaytarilgan tayyor mahsulot va tovarlar bo‘yicha tushumni kamaytirishga oid schetlar mavjud. Biroq buxgalteriya hisobida xaridorlardan qaytib kelgan tayyor mahsulot va tovarlarni aks ettiradigan schotlar mavjud emas. Shu boisdan hisob siyosatiga2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» va 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schotlarini kiritish taklif etildi.
7-rasmda 2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» ishchi schotining boshqa schotlar bilan o‘zaro korrespondensiyasi keltirib o‘tilgan.
7-rasm. 2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi30 8-rasmda 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schotining boshqa schotlar bilan o‘zaro korrespondensiyasi keltirib o‘tilgan.
8-rasm. 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schoti bo‘yicha schotlar korrespondensiyasi31 Mazkur takliflar xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulot va tovarlarning tahliliy hisobi takomillashuviga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida «Zaxiralar» nomli 2-son BHXS va «Qishloq xo‘jaligi» nomli 41-son BHXS talablari chuqur o‘rganildi. Mazkur standartlar talablari «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS talablari bilan o‘rganilganida ba’zi farqli jihatlar aniqlandi. Xususan ko‘p yillik o‘simliklar asosiy vositalar tarkibida aks etsada, milliy standartlarimizda bir yillik o‘simliklarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilanmagan. Ta’kidlash joizki ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bir yillik o‘simliklarni xarid qilish va uni parvarishlash ishlari olib boriladi, lekin uni buxgalteriya hisobida qay tartibda aks ettirish belgilanmagan. Shu boisdan tadqiqotlar natijasida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schotini ochish zarur, degan xulosaga kelindi. Tadqiqotlar natijasida tovar-moddiy zaxiralar auditining asosiy bosqichlaridan foydalanish tavsiya etildi (8-jadval).
Mazkur ishchi schot nafaqat bir yillik o‘simliklar bo‘yicha xarajatlar hisobini aks ettirishga, balki buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar talablariga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan tovar-moddiy zaxiralar auditini tashkil etish va o‘tkazishning taklif etilayotgan bosqichlari auditning mohiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi, bu esa audit xizmatlarini takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.