10.III BOB. TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu bob tadqiqotning muhim bo‘lagi hisoblanib, tadqiqot mavzusini to‘liq yoritib berishi va tadqiqot savollarga yechim topa olishi kerak bo‘ladi. Tadqiqot maqsadiga erishishda ma’lumotlar qaysi manbalardan olinganlgi va ularning qay darajada haqqoniyligi muhim rol o‘ynaydi. Sifat ma’lumotlar esa odatda ko‘proq vaqt va mehnat talab qiladi, chunki ushbu ma’lumotlar manbalari har doim ham ishonchli bo‘lavermaydi. Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish esa natijaning noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, tadqiqot uslubi birinchi bobdagi sharhlangan adabiyotlardan kelib chiqib tanlanishi talab etiladi. Shuning uchun ham tadqiqot avvalida mavzu yuzasidan adabiyotlarni chuqur sharhlash muhimdir.
11.3.1. Ma’lumotlar manbalari
Tadqiqot savoli yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi, O‘zdonmaxsulotlari AJ ma’lumotlari hamda O‘zbekistonda mavjud kutubxona kataloglari va internet manbalardan foydalaniladi. Shuningdek, rasmiy hisobotlar, axborot-tahliliy byulletenlar, akademik maqolalar va internet manbalar, xalqaro tashkilotlar ma’lumotlar bazalaridan foydalaniladi.
12.3.2. Tadqiqot dizayni
Tadqiqotni olib borishda dastavval nazariy qonuniyatlar puxta o‘rganib chiqiladi, keyin tadqiqot ob’yekti tanlab olinib O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarda tovar-maddiy zaxiralar auditining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari o‘rganiladi, tadqiqot natijasida hosil bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalar mazmuni, vazifalari va axborot manbalari tahlil qilinadi va tavsiya sifatida beriladi.
Tadqiqot davomida alohida pozitivistik yoki interpretevistik paradigma tanlab olinmaydi. Pozitivistik tadqiqotga ko‘ra o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liklik, ya’ni qabul qilingan qarorlar va ularning xususiyatlari miqdoriy usullar bilan o‘rganiladi.
Tadqiqot davomida ushbu faoliyatida katta yutuqlarga erishgan davlatlar tajribasi o‘rganilgan xolda, O‘zdonmaxsulotlari AJ da faoliyat yuritayotgan korxonalarga takliflar beriladi. Bunda internet resurslaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |