Moliy a viy tahlil va audit


-jadval Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini tekshirish muolajalari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə14/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
4-jadval
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini tekshirish muolajalari



Audit muolajalari

1

Mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning turkumlanishini

2

Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olish va hisobdan chiqarish (taqsimlash)

3

Yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko‘rilgan yo‘qotishlar

4

Tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash

5

Bilvosita xarajatlarni taqsimlash

6

Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini hisoblash usullarini qo‘llash

7

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schѐtlarning o‘zaro bog‘lanishi (korrespondensiyasi) ni tuzish

8

Ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘ma, analitik va sintetik hisobini yuritish

9

Xarajat schѐtlari bo‘yicha analitik va sintetik hisob ѐzuvlarining bosh daftar hamda balansdagi ѐzuvlarga mos kelishi

Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning to‘g‘riligini aniqlaydi (4-jadval Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini hisoblashda xar xil usullar qo‘llaniladi. Paxta ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli. Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko‘ra muayyan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘linadi.
Bilvosita xarajatlar ko‘p elementli bo‘lib, hisob yuritish siѐsati to‘g‘risidagi buyruqda belgilangan qaysidir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda alohida mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Qanday ko‘rsatkichga mutanosib taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq xususiyatidan kelib chiqib mustaqil aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko‘rsatkichi sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:

  • asosiy ish xaqi;

  • qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) xarajatlar;

  • mahsulot massasi va xajmi;

  • ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar; qurilmalarning mashina-soatlar soni.

Auditorning vazifasi korxona hisob siѐsatida kabul kilingan va amalda qo‘llanilaѐtgan bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulining to‘g‘riligini tasdiqlashdan iborat.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin