Moliy a viy tahlil va audit


-jadval Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari auditining bosqichlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə13/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
3-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari auditining bosqichlari



Audit bosqichlari

1

Hisobot davridagi xaqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schѐtlarida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonarli aks ettirilishi

2

Ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom-ashѐlar, materiallar, ѐqilg‘ilar, ehtiѐt qismlar va ѐqilg‘i-moylash materiallarini baholashning to‘g‘riligi

3

Belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va mukofatlash xaqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi

4

Noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish sabablari hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi va ularni kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar

5

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi

6

Tovarlar, YoMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o‘chirishning to‘g‘riligi

7

Quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo‘shishning to‘g‘riligi va asoslanganligi:
-ta’sis xujjatlariga muvofiq, qo‘shma korxonada ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
-xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’ѐrlar doirasida ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari xarajatlari

Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to‘g‘ri va asoslangan hamda me’ѐrlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to‘g‘riligini xarajat moddalari bo‘yicha tekshiriladi. Natijada reja va xaqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovutlarni moddalar bo‘yicha taxlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xom-ashѐ va materiallarni xarajatlashning to‘g‘riligi, baholar to‘g‘riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to‘g‘ri keladigan xarajat me’ѐriga rioya kilinishi tekshiriladi. Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi kabi aniqlanadi.
Ushbu xarajat shu vaqtning o‘zida, ya’ni o‘tgan yili dekabr oyida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xo‘jalik muomalasini asossiz, ya’ni o‘tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig‘ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to‘langan ijara xaqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o‘chirishi lozimligini tushuntirdi. Qonun23 ga muvofiq, korxonada sodir etilgan barcha xo‘jalik muomalalari amalga oshirilaѐtgan vaqtda ѐki amalga oshirilib bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki xujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni xujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi xujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.
Auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»24 ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o‘rash materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish ѐki omborga kirim qilish mumkin bo‘lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. Shuningdek, mazkur element bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama) dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig‘imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga xaq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga xaq to‘lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur.
Bulardan tashqari auditor mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to‘g‘riligini ham tekshirishi kerak. 4-son BHMS23 ga muvofiq, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO) birini tanlaydi va hisob yuritish siѐsatida aks ettiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat xaqi xarajatlarini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo‘nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish xaqi hisoblashga doyr dastlabki xujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv to‘lov vedomostlari) ni tekshirish mobaynida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-maishiy va x.k.) da band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo‘shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710- «Mehnat xaqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» va 6720«Deponentlangan mehnat xaqi» schѐtlarining krediti bo‘yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig‘ma mehnat xaqi vedomostining uni hisoblash qismi bo‘yicha jami ko‘rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko‘ra, yig‘ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schѐtlarning debeti bo‘yicha ma’lumotlarga qaraganda ko‘p bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish ahamiyagiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo‘shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’ѐrlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo‘shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob siѐsatida ko‘rsatilganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o‘zgarmaganligiga, agar o‘zgargan bo‘lsa sababini va bu xaqda hisob yuritish siѐsatiga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risida buyruqning mavjudligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi.
Auditor korxonada qo‘llanilaѐtgan amortizatsiya hisoblash usuli bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ham tekshirishi zarur. Shuningdek, asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblash usulidan qat’iy nazar, yil davomida har oyda yillik summaning 1/12 qismi xajmida hisoblab borilganligini aniqlash kerak. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qaysi hisobot davridan hisoblangan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda shu davrda aks ettirilishi, hamda korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar (foyda ѐki zarar) hisoblanishini ham nazarda tutish zarur.
Bulardan tashqari, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan, ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati va foydali xizmat qilish muddati (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat qilish muddatidan oshmagan muddat) dan kelib chiqib hisoblangan, me’ѐrlar bo‘yicha har oyda mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladigan eskirish summalari ham ushbu elementga kiradi. Bunda auditor foydali xizmat qilish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish me’ѐri besh yil muddat hisobidan kelib chiqib aniqlanishini, biroq bu muddat xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligini nazarda tutishi kerak.
Auditor xarajatlarning xarajat moddalari bo‘yicha ularning maqsadi va vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita ѐki bilvosita yo‘l bilan mahsulot (ish, xizmat) larning xar bir turiga olib borilishini bilishi zarur. Xarajatlar tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (tarmoqlararo) yo‘riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan belgilanadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin