Moliy a viy tahlil va audit


-jadval Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish bosqichlari32



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə21/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
8-jadval
Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish bosqichlari32

Bosqich

Bosqichning mohiyati

  1. Tovar-moddiy zaxiralar auditini rejalashtirish

«Auditni rejalashtirish» nomli 300-son AXSga muvofiq tekshiruv tizimli tashkil etilishi uchun u samarali rejalashtirishi shart. Tovar-moddiy zaxiralar auditini rejalashtirishda auditorlik amallari hajmi va ularni o‘tkazish muddatlari, turli tavsiflarga mufassal yondashuv va umumiy strategiyani ishlab chiqish maqsad muvofiq.

  1. Tovar moddiy zaxiralar auditida ichki nazorat tizimi (INT)ni baholash

Tovar moddiy zaxiralar auditida ichki nazorat tizimi beshta elementi kesimida ishlab chiqilishi shart: nazorat muhiti, audit o‘tkazilayotgan sub’ekt risklarini baholash jarayoni, nazorat amallari, axborot tizimi, nazorat vositalari monitoringi

  1. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha auditorlik dalillarini to‘plash




Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishda «Auditorlik dalillari» nomi 500-son AXSga muvofiq auditorlik dalillarini to‘plash va ularning ishonchliligi va mosligini baholash zarur. Tovar-moddiy zaxiralar auditida to‘plangan dalillar auditor fikrining shakllanishiga xizmat qiladi.

  1. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tekshiruv natijalarini umumlashtirish va yakuniy hujjatni shakllantirish uchun ma’lumot tayyorlash

Tovar-moddiy zaxiralar auditi natijalariga ko‘ra, xatolarni aniqlash, ularning oqibatlarini tahlil qilish, bajarilgan ishlarning ishonchliligini tasdiqlashi kerak.
Tovar-moddiy zaxiralar auditi natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi quyidagilarga standartlarga binoan tuzilishi kerak:
700-son AXS Moliyaviy hisobotlar to‘g‘risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish
705-son AXS Mustaqil auditor hisoboti (xulosasi)da fikrni modifikatsiyalash
706-son AXS Mustaqil auditorlik hisoboti (xulosasi)da tushuntirish paragraflari va boshqa masala paragraflari
710-son AXS Qiyosiy axborot – qiyosiy ko‘rsatkichlar va qiyosiy moliyaviy hisobotlar
720-son AXS Audit o‘tkazish jarayonida tekshirilgan moliyaviy hisobotlarni qamrab oladigan hujjatlardagi boshqa ma’lumotlarga nisbatan auditorning javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda audit bosqichlarini o‘tkazish izchilligiga rioya etish auditorlik tekshiruvlari sifatini oshirish imkonini beradi.
Yuqorida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari aktivlari tarkibida tovar-moddiy zaxiralar katta salmoqqa ega hisoblanadi. Jahon amaliyotidan ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq operatsiyalar firibgarlik holatiga moyildir. Shu boisdan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi, saqlanishi va sarflanishi jarayonida auditorlik tekshiruvlariga jiddiy e’tibor qaratish lozim
2. Tovar-moddiy zaxiralardan samarali foydalanish va uning nazoratini tashkil qilishda auditning xalqaro standartlariga keng e’tibor qaratish lozim. Auditning xalqaro standartlarini qo‘llash orqali tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha firibgarlik holatini oldini olish va auditorlik riskini kamaytirish mumkin.
3. Tadqiqotlar natijasida tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishning to‘rtta bosqichi ishlab chiqildi. Mazkur bosqichlarda tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishda qo‘llaniladigan auditning xalqaro standartlari keltirib o‘tildi. Tovar-moddiy zaxiralar auditida belgilangan tadbirlarning auditor tomonidan to‘liq amalga oshirilishi audit sifatining oshishiga va ishonchli auditorlik xulosasining shakllanishiga xizmat qiladi.
Auditorlik tekshiruvining dastlabki bosqichida muhimlik va risk darajalari aniqlanadi. Fikrimizcha, muhimlik darajasini induktiv usulda aniqlash auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi oshishiga xizmat qiladi. Muhimlik va risk darajalariga qarab auditni o‘tkazish bo‘yicha umumiy reja va dasturi ishlab chiqiladi. Tadqiqotlar natijasida muhimlik darajasini induktiv usulda aniqlash orqali tovar-moddiy zaxiralar auditining umumiy rejasi va dasturi ishlab chiqildi. Umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish hamda tovar-moddiy zaxiralar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida audit o‘tkazish dasturi ishlab chiqildi. Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish dasturida auditorlik tartib-taomillari, ularni o‘tkazish davrlari va tekshirilishi lozim bo‘lgan ish hujjatlari belgilandi.
Auditorlik tekshiruvlarida yetarli darajada dalil to‘plashda ichki nazorat savolnomalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ichki nazorat savolnomalari tekshiruv o‘tkazishning aniq yo‘nalishini tanlashga imkoniyat yaratadi. Jahonda korporativ firibgarliklarni oldini olish, ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishda COSO (The Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission) modelidan keng foydalanilmoqda. Mazkur model biznesdagi risklarni o‘z vaqtida aniqlash va ichki nazorat tizimiga baho berishda keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqotlar natijasida COSO modeli talablari asosida tovar-moddiy zaxiralar auditida takomillashgan ichki nazorat savolnomasidan foydalanish tavsiya etildi. Natijada auditorlik tekshiruvlarida nazorat riskining kamayishiga hamda haqqoniy auditorlik xulosasining shakllanishiga xizmat qildi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin