Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning kreditida to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
(45265-pozitsiyaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45294 Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45400 Xorijiy valyutalardagi foyda
45401 “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
45403 Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan olingan foyda
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers/Svop bitimlari bo‘yicha hamda hisoblangan marjadan bank foydalari hisobi olib boriladi. Foyda o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyutalarda tuzilgan bitimlardan ishlab topilgan va ochiq valyuta pozitsiyalarini revalvatsiya qilish natijasida vujudga kelgan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45605 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalari bo‘yicha foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydaning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan foydaning kamaygan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45609 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarining haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
45611 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘sgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kredit bo‘yicha noto‘g‘ri aks ettirilgan summalarning hisobdan chiqarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar
45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydalarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45717 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar
45721 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan dividendlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Ushbu hisobvaraqlar boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan va amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun qo‘llaniladi.
45803 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya — qilishdan olingan foyda
45805 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan va amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromad va foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45809 Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha hisoblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlar qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45900 Boshqa foizsiz daromadlar
45901 Bank asosiy vositalarining ijarasi bo‘yicha daromadlar
45905 Bankning ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalari bo‘yicha daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45909 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlari bo‘yicha kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.