Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə49/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
(30911-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
31200 Taqsimlanmagan foyda
31203 Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘tgan moliyaviy faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi(zarari)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 31206 hisobvaraqdan o‘tkazilgan bankning sof foydasi hamda zaxira kapital hisobvaraqlaridan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan, shuningdek hisobot sanasidan keyingi tuzatish summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraq debetida har xil fondlar uchun ajratmalar va e’lon qilingan dividendlarning, 31206 hisobvaraqdan o‘tkazilgan zararlar, shuningdek hisobot sanasidan keyingi tuzatish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yilida bank moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda(zarar)larning summasi hamda ushbu davr davomida e’lon qilingan dividendlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda, 31203 (aktiv-passiv) hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi hamda noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi, e’lon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitali hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob sof foyda va dividendlar hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
40000 DAROMADLAR
40200 Markaziy bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40201 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarilishi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40205 Markaziy bankdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40405 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40409 Boshqa banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40600 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40601 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40605 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40609 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40613 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40617 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40694 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari (davlatning xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli majburiyatlari), davlatning obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va xorijiy emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlarini qo‘shgan holda boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar) bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizlar summasi, shuningdek oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarning diskonti bo‘yicha amortizatsiya qilingan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
40700 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40701 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40705 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40709 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40713 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40717 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40794 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar (Davlat xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari), davlatning obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari)ga qilingan investitsiya bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiya bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
41000 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan foizlar
41001 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Import bilan bog‘liq veksellar
41003 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Akkreditivlar
41005 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
41009 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
41013 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41017 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41021 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
41025 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksel va akseptlar (eksport bilan bog‘liq bo‘lgan veksellar, trast hujjatlari bilan kafolatlangan veksellar, muddati o‘tgan va sud jarayonidagi veksellar), akkreditivlar asosida mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalar asosidagi mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41200 Bankning to‘lanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar
41201 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Mahalliy
41205 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan (mahalliy va xorijiy) akseptlar asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning to‘lanmagan akseptlari asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizlar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41400 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41401 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41601 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41605 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41609 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41801 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41805 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41809 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41901 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41905 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41909 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42200 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42201 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42205 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42209 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42301 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42305 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin