Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ko‘rsatmasi bo‘yicha mos hisobvaraqqa yopiladigan o‘zaro hisob-kitobning foydalanilmagan summasi aks ettiriladi.
(23224-pozitsiyaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha unikal kod (xos raqam)larini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23226 Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjetidan eksport qilingan tovarlarning tannarxi bilan ularning markazlashtirilmagan eksport bo‘yicha sotilgan narxi o‘rtasidagi farqni qoplash bo‘yicha maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga kelib tushgan budjet mablag‘lari aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning debetida maqsadli moliyalashtirish ishtirokchilarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek hisobvaraq bo‘yicha qoldiqning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mos hisobvarag‘iga yopilishi aks ettiriladi.
(23226-pozitsiyaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23230 Aktivlarni qoplash bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bank aktivlarini (kreditlar, lizing, foiz to‘lovlar va boshqalar) qoplash (so‘ndirish) bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraqdagi qoldiq uch ish kunida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim.
Hisobvaraqning kreditida aktivlarni qoplash bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23400 Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23402 Respublika budjetining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetining daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarga noto‘g‘ri o‘tkazilgan tushumlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan mablag‘lar, mablag‘larning qoldiqlarini Respublika budjetining daromadiga o‘tkazish aks ettiriladi, shuningdek Respublika budjetining daromadiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Respublika budjetining daromadlari moddasi bo‘yicha bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
23404 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti tarkibiga kiradigan muassasa va tashkilotlarni ta’minlash uchun Respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetidan olingan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi (tashkiloti) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23405 Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha respublika budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23406 Hukumat kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan summalar hamda noto‘g‘ri olinganligi sababli qaytarilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23410 Hukumat subsidiyalari fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat qarori bo‘yicha respublika budjetidan qishloq xo‘jaligini, yengil sanoatni va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini dotatsiya bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida narxlarni barqarorlashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23416 Maxsus maqsadlar fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan maxsus maqsadlar fondi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maxsus maqsadlar fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha maxsus maqsadlar uchun mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23422 Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan kelib tushadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23426 Mahalliy budjet mablag‘lari — Tuman/shahar
Hisobvaraqning ta’rifi: tuman/shahar budjetlarining daromadlari hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek tuman/shahar budjetlariga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
Hisobvaraqning ta’rifi: viloyat budjetining daromadlari, shuningdek davlat budjeti qaramog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek viloyat budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23432 Mahalliy budjet mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Hisobvaraqning ta’rifi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining daromadlari, hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23500 Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokiosklar orqali bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar bo‘yicha infokiosklar orqali bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun infokiosklar orqali bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan, infokiosklar orqali kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir infokiosk bo‘yicha ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23504 Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, jismoniy shaxslarning bank kartalaridan naqd pullar berish uchun lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23506 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23508 Pulli xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: pulli xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha bank kartalaridan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23510 Savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir savdo tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23514 Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalaridan foydalangan holda boshqa to‘lovlar (olingan kreditlar va ularning foizlarini to‘lash, homiylik, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yordam ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23516 Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning bank kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kartalaridan foydalangan holda kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank hisob raqamiga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23520 QR-onlayn axborot tizimi orqali kelib tushgan tushumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: QR-kod to‘lash tizimidan foydalangan holda kelib tushgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23600 Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
23602 Chiqarilgan obligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23604 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlarini ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob jamg‘arma sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23606 Chiqarilgan depozit sertifikatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan depozit sertifikatlarning ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob depozit sertifikatlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23608 Chiqarilgan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan veksellarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23610 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi ijobiy farq — mukofot (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotgandagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23698 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi salbiy farq-diskont (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda sotilgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olishgandagi diskont hamda diskont amortizatsiyasi summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23700 Subordinar qarz
23702 Subordinar qarz
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarz qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarz hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23796 Subordinar qarz bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summalari (mukofot) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (ijobiy farq) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23798 Subordinar qarz bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summalari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy farq) diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi diskont summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29800 Boshqa majburiyatlar
29801 Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank hisobvarag‘i ochilmagan holda mijozlarning bir martalik operatsiyalari (garovga olingan mol-mulkini sotishdan kelib tushgan, yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ustav fondini shakllantirish bo‘yicha badallar va hokazo) bo‘yicha turli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz va operatsiya turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29802 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarining summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 19903 hisobvarag‘idan qayta hisoblanguncha oldindan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblangandan keyin aniqlangan ortiqcha summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek 19903 hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan keyin qayta hisoblash natijasida aniqlangan kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob boshqa bank mijozlarining har biri bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Ijara to‘lovi (operatsion ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyat hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan boshqa foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlarning qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir foizsiz xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.