7-bob. Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari 88. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning emitent bankka berilgan nusxasiga asosan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
89. Aksiyalar uchun obuna qilinganda va aksiya oldi-sotdi shartnomasi tuzilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyalar bo‘yicha:
Dt 30303 “Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)”;
Kt 30309 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
2) oddiy aksiyalar bo‘yicha:
Dt 30306 “Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)”;
Kt 30312 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy”.
90. Aksiya uchun to‘lov to‘liq yoki qisman olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i;
Kt 30303 “Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30306 “Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)”.
91. To‘lov to‘liq olingandan so‘ng bitim amalga oshirilganda, aksiya bo‘yicha egalik huquqi o‘tkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvarag‘idan olingan tegishli ko‘chirmaga asosan bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyaning nominal qiymati bo‘yicha:
Dt 30309 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli”;
2) oddiy aksiyaning nominal qiymati bo‘yicha:
Dt 30312 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy”;
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy”;
3) obuna bahosi va nominal qiymat o‘rtasidagi ijobiy farq summasi bo‘yicha:
Dt 30309 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Dt 30312 “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy”;
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli”;
4) joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
92. Aksiyalarning chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 56795 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘ining “Aksiyalarni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
93. Agar aksiyalar chiqarilishidan avval aksiyaning qiymati potensial aksiyadorlar tomonidan to‘liq yoki qisman to‘langanda, aksiyalar bo‘yicha oldindan to‘lovlar aksiyalar chiqarilishiga qadar majburiyatlarda aks ettiriladi. Shuningdek, bankning yangi aksiyalariga obunada ishtirok etish kafolati uchun potensial aksiyadorlar tomonidan omonat (depozit) qo‘yilishi mumkin.
Bunda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) oldindan to‘lov amalga oshirilganda:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i;
Kt 29830 “Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar”;
2) aksiyalar sotilganda, aksiya bo‘yicha egalik huquqi o‘tkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvarag‘idan olingan tegishli ko‘chirmaga asosan:
Dt 29830 “Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar” — to‘lov summasiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” — to‘lov summasi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga.
94. E’lon qilingan dividendlarning hisoblanishi va to‘lanishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
1) dividendlar hisoblanganda:
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” (yillik dividendlarni hisoblashda);
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” (oraliq dividendlarni hisoblashda);
Dt 30903 “Umumiy zaxira fondi” (foyda yetmaganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha);
Kt 29822 “To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar”;
2) dividendlar to‘langanda:
Dt 29822 “To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar”;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i;
3) hisoblangan dividendlar bank ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirilganda:
Dt 29822 “To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” — nominal qiymatidan yuqori summasiga.
Bir vaqtning o‘zida ushbu Qoidalarning 92-bandi “g” kichik bandida ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.
95. Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish hisobiga ustav kapitali ko‘paytirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” yoki
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” yoxud
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” (30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli hisobvarag‘ida mablag‘ yetmaganda);
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy”.
96. Taqsimlanmagan foydani kapitallashtirish hisobiga qo‘shimcha aksiyalar joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” — aksiyaning nominal qiymatidan yuqori summasiga.
97. Ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga erkin ayirboshlash hisobiga bank aksiyalari joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarni boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga ayirboshlanganda:
Dt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
2) erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar ayirboshlash uchun taqdim etilganda:
Dt 23602 “Chiqarilgan obligatsiyalar” balans hisobvarag‘ining “Erkin ayirboshlanadigan obligatsiyalar” shaxsiy hisobvarag‘ida — erkin ayirboshlashga taqdim etilgan qimmatli qog‘oz qiymatiga;
Kt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Kt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” — nominal qiymatidan yuqori summasiga, ayirboshlash koeffitsiyenti 1 dan yuqori bo‘lganda.
98. Agar bank o‘z aksiyalarini ularni qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olsa, u holda bankning o‘z kapitali aksiyani sotib olish qiymatiga kamayadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Dt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)”;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i.
99. Agar bank o‘z aksiyalarini bekor qilish maqsadida sotib olsa, u holda aksiyalar 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari” hisobvarag‘iga 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
100. Agar bank o‘z aksiyalarini keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olsa, u holda aksiyalar 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari” hisobvarag‘iga nominal qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
101. Bankning sotib olingan o‘z aksiyalari keyinchalik ikkilamchi bozorda qayta sotilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) sotib olish bahosiga nisbatan qimmat bahoda sotilganda:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — aksiyani sotish qiymatiga;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga yoxud
Kt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” balans hisobvarag‘ining “Qayta sotib olingan o‘z aksiyalari bo‘yicha qo‘shilgan kapital” shaxsiy hisobvarag‘i — qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga;
2) sotib olish bahosiga nisbatan arzon bahoda sotilganda:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — aksiyani sotish qiymatiga;
Dt 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” — aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq summasiga, kredit qoldig‘i doirasida;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga.
30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” hisobvarag‘ining “O‘z aksiyalarini sotib olishdan olingan qo‘shilgan kapital” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining qoldig‘i nolga teng bo‘lsa, aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
3) bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”.
102. Aksiyalar bekor qilinganda yoki bankning aksiyadorlik kapitali kamaytirilganda (ustav hujjatlariga kiritiladigan tegishli o‘zgartirishlar Markaziy bankda ro‘yxatga olingandan so‘ng), quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30315 “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
Dt 30318 “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30321 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki
Kt 30324 “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga.
103. Bankning o‘z aksiyalarini sotib olish bilan ularning nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy yoki salbiy farq 30603 “Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli” balans hisobvarag‘ining mos ravishda debeti yoki kreditida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kredit qoldig‘i yetarli bo‘lmaganda, yetmagan salbiy farq 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvarag‘iga olinadi.
Bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
104. Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90327 “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
105. Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90327 “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
106. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganda sotish bahosi va nominal qiymat o‘rtasidagi farq (mukofot) 23696 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot” hisobvarag‘ining kreditiga sotish kunida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” — qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga;
Kt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot” — qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasiga.
Bir vaqtning o‘zida qimmatli qog‘oz blankasiga qimmatli qog‘ozni oluvchi haqidagi tegishli yozuvlar kiritilganda yoki qimmatli qog‘ozlar investorning depo hisobvarag‘iga o‘tkazilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90327 “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Dt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
107. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” balans hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;
Dt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” — qimmatli qog‘ozning nominal qiymati va sotish qiymati o‘rtasidagi farq summasiga;
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” — qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga.
Diskontlar balans hisobotida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy summasidan chegirma ko‘rinishida aks ettiriladi.
108. Agar qimmatli qog‘ozlar foizlarni to‘lash davrlari orasida sotilgan bo‘lsa, sotilgan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli majburiyatlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali sotish sanasida hisobga olinadi:
Dt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i;
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar”.
109. Qimmatli qog‘ozlar so‘ndirish yoki qayta sotish shartlari bilan sotib olinganda, balansdan hisobdan chiqariladi. Agar sotib olish balans qiymatida bo‘lsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) ilgari nominal qiymatda sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” — nominal qiymatga;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — nominal qiymatga;
2) ilgari diskont bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” — nominal qiymatga;
Kt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” — diskontning qoldiq qiymati doirasida;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;
3) ilgari mukofot bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
Dt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” — nominal qiymatga;
Dt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot” — mukofotning qoldiq qiymati doirasida;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;
4) hisoblangan foizlarni to‘lashda:
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar”;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i.
110. Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” balans hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” balans hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi.
111. Agar bank qimmatli qog‘ozni bekor qilish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobga olinadi:
Dt 90327 “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Dt 90329 “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
112. Agar bank qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar nominal qiymat bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 90337 “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”;
Kt 96314 “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
113. Mijozdan yoki bank-korrespondentdan mahalliy (ichki) yoki xorijiy (ichki) veksellar inkassoga qabul qilinganda, bank tomonidan vekselning nominal qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90965 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy” yoki
Dt 90972 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy”;
Kt 96323 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
114. Veksel bo‘yicha to‘lov to‘liq yoki qisman amalga oshirilganda yoki to‘lovsiz qaytarilganda (to‘lashdan bosh tortish yoki hisobvarag‘ida mablag‘ yetishmaslik hollarida) quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96323 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90965 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy” yoki
90972 “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy”.
Veksel bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda vekselning to‘lanmagan summasi 90963 “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Dt 90963 “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari”;
Kt 96321 “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
115. Veksel bo‘yicha bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lmagan to‘lovchilar yoki vakil-banklardan to‘lovni olish uchun veksellar inkassoga jo‘natilganda, ularning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90979 “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy” yoki
90986 “Inkassoga jo‘natilgan veksellar — xorijiy”;
Kt 96330 “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
116. Veksel to‘lovchisi tomonidan veksel bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96330 “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90979 “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy” yoki
Kt 90986 — “Inkassoga jo‘natilgan veksellar — xorijiy”.
117. Banklar qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq inkasso operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar ko‘rishi mumkin. Bu holda, daromadlar 45257 “Mijozlarga inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar” hisobvarag‘ida va xarajatlar 55158 “Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari” hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
118. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlar bilan brokerlik operatsiyalari bo‘yicha mijozlar mablag‘lari” alohida hisobvarag‘ida yuritiladi.
119. Sotish uchun yoki mijozning topshirig‘iga asosan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” va 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari” balansdan tashqari hisobvaraqlarida nominal qiymat bo‘yicha hisobga olinadi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”;
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
120. Mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra sotish uchun olingan qimmatli qog‘ozlar sotilmaganda, ular mijozlarga qaytarilganda, shuningdek mijozlarga ularning topshirig‘i bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni topshirishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”.
121. Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olingan daromadlar 45209 “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar” balans hisobvarag‘ining kreditida hisobga olinadi.
122. Qimmatli qog‘ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”;
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
123. Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq emitentlar mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
124. Qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda, shuningdek joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlarni emitentga qaytarishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”.
125. Bank qimmatli qog‘ozlarni emitentning topshirig‘iga asosan emitentning mablag‘lari hisobiga so‘ndiradi. Emitentdan olingan mablag‘lar 22608 “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emitentlarning mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.
Dt 22608 “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari”;
Kt Kassa hisobvarag‘i yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlariga 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali kirim qilinadi:
Dt 90303 “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Kt 96305 “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” yoki
Dt 90317 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
Kt 96315 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
126. Emitentning topshirig‘iga ko‘ra so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalarini emitentga o‘tkazishda yoki bekor qilishda 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96305 “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90303 “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari” yoki
Dt 96315 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90317 “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari”.
127. Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
128. Mijozlardan qimmatli qog‘ozlar saqlash uchun qabul qilinganda nominal qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”;
Dt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”;
129. Qimmatli qog‘ozlar saqlashdan chiqarilib mijozga qaytarilganda, nominal qiymat bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 93616 “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
Kt 93623 “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”.
130. Saqlash operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” balans hisobvarag‘ining “Bankning qimmatli qog‘ozlarni saqlash bo‘yicha bajargan operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida hisobga olinadi.
131. REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar” balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;
Kt 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar”.
Bir vaqtning o‘zida balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha:
Dt 92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar”;
Kt 96374 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”.
92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar” hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.
132. REPO operatsiyasining ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish bahosi hamda REPO operatsiyasining birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bahosi o‘rtasidagi farq o‘z mohiyatiga ko‘ra olingan pul mablag‘lari uchun to‘lov hisoblanadi. Ko‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvarag‘iga olib boriladi:
Dt 54300 “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar”;
Kt 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar”.
133. Agar REPO kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha REPO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda REPO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar”;
Kt REPO bitimining obyekti bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan foizlarning tegishli hisobvarag‘i.
134. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar”;
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida balansdan tashqari hisobvaraqlarda kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”,
Kt 92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
135. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi portfeliga o‘tkazilgan taqdirda, sotuvchi bank quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 22300 “REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar” — bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga;
Kt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar”, 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”, 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Bir vaqtning o‘zida balansdan tashqari hisobvaraqlarda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
136. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini bajaradi:
Dt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar”;
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar”;
Kt 96376 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”.
92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar” hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
137. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq o‘z mohiyatiga ko‘ra berilgan pul mablag‘lari uchun to‘lov hisoblanadi. Ko‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli daromadlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi:
Dt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar”;
Kt 45000 “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar”.
Banklar REPO bitimi bo‘yicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashgan holda qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olishi bankda shubha uyg‘otsa, foizli daromad bank balansidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi kerak:
Dt 45000 “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar”.
Hisobdan chiqarilgandan so‘ng kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq amortizatsiyasi balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
Dt 95411 “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”;
Kt 96333 “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i”.
Balansdan tashqari hisobvaraqda yuritiladigan hisob REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilganidan so‘ng to‘xtatiladi:
Dt 96333 “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 95411 “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
138. Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati balans qiymati (11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan summa) bilan tenglashtiriladi. Bozor qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi tashkil etiladi. Bunda, balans qiymati va bozor qiymati o‘rtasidagi farq 56824 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari” hisobvarag‘ining debetida hisobga olinadi:
Dt 56824 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari”;
Kt 11899 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)”.
Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa, zaxira nolga tenglashtiriladi:
Dt 11899 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)”;
Kt 56824 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari”.
139. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;
Kt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” — bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga.
Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
140. Bank qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish summasiga teng bo‘lishi lozim.
Bu holatda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi bank portfeliga o‘tkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati kelishuvining birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish summasidan oshib ketsa:
a) ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi miqdorini to‘g‘rilashga doir buxgalteriya o‘tkazmasi (zarur bo‘lsa) amalga oshiriladi;
b) qimmatli qog‘ozlarni bank portfeliga o‘tkazish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar” yoki
Dt 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar” yoxud
Dt 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” — bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish summasiga.
2) qimmatli qog‘ozning bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qiymatidan kam bo‘lganda:
a) zaxira miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi (lozim bo‘lganda) amalga oshiriladi;
b) qimmatli qog‘ozlarni bank portfeliga o‘tkazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10700 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar” yoki
Dt 10800 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar” yoxud
Dt 15900 “Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar” — qimmatli qog‘ozni bozor qiymatiga;
Dt 11899 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)” — shakllantirilgan zaxira summasiga;
Kt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” — bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish summasiga.
Bir vaqtning o‘zida balansdan tashqari hisobvaraqda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
141. Bank qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar qayta sotuvi summasiga teng bo‘lishi lozim.
Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan holda bank foizli daromadlarni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali balansdan chiqarishi shart:
Dt 45000 “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar”;
Kt 11800 “REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar”.
142. Bank REPO bitimlarini qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalari sifatida hisobga olishi mumkin:
1) qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi bo‘lgan bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qog‘ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar”;
Kt 96374 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”.
92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar” hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
2) Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96374 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92802 “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
143. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchisi bo‘lgan bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank sotishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvaraqda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar”;
Kt 96376 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”.
92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar” hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
144. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi. Bunda, sotilgan qimmatli qog‘ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 96376 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i”;
Kt 92806 “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar”.
(4 — 7-boblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari rejasiga
ILOVA