Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


-bob. Kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə68/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
3336 26.11.2021 (1)

3-bob. Kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
26. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 11900 — 15500 (tegishli ssuda hisobvarag‘i);

Kt 10301

“O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa) yoki

Kt 202XX

Mablag‘ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i (agar mablag‘ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko‘rsatilsa) yoki

Kt 10101

“Aylanma kassadagi naqd pullar” (kredit naqd pulda berilganda).

27. Banklar tomonidan yuqoridagi xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 202XX

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;

Kt 22896

“Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”.

28. Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:

Dt 56802

“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar”;

Kt XXX99

Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr — aktiv).

Oldingi tahrirga qarang.
29. Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt XXX99

“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr — aktiv)”;

Kt 56802

“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar” (hisobot yilida shakllantirilgan zaxiralar bo‘yicha) yoki

Kt 45921

“Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” yoki Kt 45924 “Hisobdan chiqarilgan aktivlarning qaytarilishi (oldingi hisobot yillarida shakllantirilgan zaxiralar bo‘yicha).

(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
30. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:

Dt 202XX

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;

Kt

Ssuda hisobvarag‘i.

Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 202XX

Kafolat beruvchi (kafil)ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i yoki

Dt 10301

“O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

Kt

Ssuda hisobvarag‘i.

Kreditlar naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 10101

“Aylanma kassadagi naqd pullar”;

Kt

Ssuda hisobvarag‘i.

Oldingi tahrirga qarang.
31. Kreditlar bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:
(31-bandning birinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)

Dt 202XX

Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;

Kt 16309

“Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.

32. Qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmaganda, ularni shakllantirilgan zaxira hisobidan hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:

Dt XXX99

Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv);

Kt

Ssuda hisobvarag‘i.

33. Garov bilan ta’minlangan kredit qarzdor tomonidan qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmagan holda, bank kreditni qaytarish uchun undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Undiruvga qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish kim-oshdi savdosi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i debetlanadi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i kreditlanadi.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni so‘ndirish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:

Dt 29801

“Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;

Kt

Ssuda hisobvarag‘i;

b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar so‘ndirilganda:

Dt 29801

“Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;

Kt 4XXXX

Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.

34. Kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymati va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha, uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10 foiz kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 16701

“Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”;

Kt

Ssuda hisobvarag‘i.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qaroriga
2-ILOVA

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin