Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə28/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
15399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
(15399-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(15399-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15400 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
(15401-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
(15405-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15401 va 13205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15499 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15499 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(15499-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15500 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15501 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15505 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13105 va 15501 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15599 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15521 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yildan ortiq muddatga xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15600 Lizing (moliyaviy ijara)
15601 Boshqa banklarga berilgan lizing
15605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing
15607 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin