Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə12/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish;
(19-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yer qa’ridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish;
banklar tomonidan soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirish;
(19-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-kuzatuv hujjatlari mavjudligini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida murojaatlari bo‘yicha ular to‘g‘risida qonunchilik hujjatlarida mukofot to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarning bajarilishini tekshirmaslik, agar ular sayyor soliq tekshiruvi predmeti hisoblanmasa va soliq organining ushbu tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ida ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
soliq auditini o‘tkazishda:
ko‘rsatilgan obyektlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan ma’lumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini ko‘zdan kechirish;
tekshirilayotgan shaxsdan soliq tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish;
soliq tekshiruvlarini o‘tkazuvchi shaxs soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni, buyumlarni va elektron axborot saqlovchi jismlarni (soliqqa oid axborotni saqlovchi moslamalar, shu jumladan, kompyuterning qattiq diski, noutbuklar va boshqalar) Soliq kodeksining 148-moddasida belgilangan tartibda olib qo‘yish;
agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo‘lsa, tegishli soliqlar bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
20. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq organlari mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda:
soliq to‘lovchiga o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatish;
soliq to‘lovchini soliq tekshiruvi maqsadi, uning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etishi;
o‘tkazilgan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq tekshiruvi dalolatnomasini tuzish va bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etish;
o‘tkazilgan soliq tekshiruvlarining natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishini ta’minlash;
soliq auditi boshlangunga qadar:
soliq to‘lovchini yoki uning vakilini soliq tekshiruvi maqsadi bilan tanishtirish, unga o‘z xizmat guvohnomasi ko‘rsatish;
soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etish;
soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(20-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin