Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-bob. Soliq tekshiruvlarining turlari va xususiyatlari



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə9/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

2-bob. Soliq tekshiruvlarining turlari va xususiyatlari
5. Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
kameral soliq tekshiruvi;
sayyor soliq tekshiruvi;
soliq auditi.
6. Kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliqlar va yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda — soliqlar) to‘g‘ri hisoblanishini, o‘z vaqtida va to‘liq budjet tizimiga to‘lanishini tekshirish maqsadida soliq to‘lovchi, soliq agentlari (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchi deb yuritiladi) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq organida mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq to‘lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruv bo‘lib, unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq auditi — soliq to‘lovchining (soliq agentining) muayyan davrdagi moliya va soliq hisobotlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida hisobga olishda soliq majburiyatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi va aks ettirilishini soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganish orqali soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirishdir.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan mustasno.
Soliq to‘lovchilarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tugatilganidan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin