003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
soliq hisobotidagi xatolar — soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobotida noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki ko‘rsatkichlar aks ettirilishi;
Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini videotasvirga olish — fuqarolar yoki soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan videokamera va boshqa videoyozish qurilmalaridan foydalangan holda tasvirga olish yo‘li bilan olingan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari haqidagi videomateriallar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) talabnoma — kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanganda, soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish zarurligi haqida ko‘rsatma mavjud bo‘lgan, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga yuboriladigan hujjat;
tafovutlarning asosnomasi — soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan soliq organining talabnomasiga javoban aniqlangan tafovutlarga asos bo‘ladigan tushuntirishlar va hujjatlar;
xronometraj ko‘zdan kechirish — ishlab chiqarishning (xizmatlar ko‘rsatishning) haqiqiy hajmlarini aniqlashga doir soliq nazorati tadbiri.
xulosa — kameral soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirilgan harakatlar, soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan holatlarning soliq tekshiruvida tasdig‘ini topganligi yoki qisman tasdig‘ini topganligi yoxud tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tekshiruvni o‘tkazgan mansabdor shaxs tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjat.
4. Soliq tekshiruvlari doirasida hujjatlar almashish quyidagicha amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchiga hujjatlar elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, biroq ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi;
soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi;
hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.