003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
6-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 2. Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dalolatnoma — tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asoslardan biri bo‘lib hisoblanadigan, soliq tekshiruvini o‘tkazish jarayonida yoki uning natijasi bo‘yicha soliq organlarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang. soliq hisobotidagi tafovutlar — soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq soliq hisobotlarida aks ettirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar bilan soliq hisobotida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar orasidagi farq yoki nomuvofiqliklar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)