Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə3/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

soliq xavfi darajasi — xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga bog‘liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati;
soliq xavfi darajasi mezonlari — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfini baholash va keyinchalik soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) xavf darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi mezonlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq xavfi tahlili — soliq organlarida mavjud bo‘lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish;
soliq xavfini baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
soliq xavfini boshqarish — xavfning oldini olish, bartaraf etish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo‘llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, soliq organlarida mavjud axborot uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi tizim.
(2-bandning to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash maqsadlari hisoblanadi:
yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga e’tiborni jamlash va soliq organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish;
faoliyati bo‘yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga (soliq agentlariga) (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) nisbatan soliq nazoratini minimallashtirish;
soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga tanlab olinadigan soliq to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali aniqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari shakllarini belgilash.
4. Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan belgilanadi.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin