Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə4/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

2-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi
5. Soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
6. Soliq xavfini tahlil qilish maqsadida ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan manbalardan olingan ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
xarajatlar va daromadlar miqdori, ularning dinamikasi, soliq majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishi, joriy soliq davrida hisoblangan soliqlarning avvalgi soliq davrlarida hisoblangan soliqlar miqdoriga muvofiqligi (kamayishi, ko‘payishi);
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlardagi ko‘rsatkichlarning soliq to‘lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanilgan soliq imtiyozlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi hamda sof foydaning xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichi.
7. Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi:
soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar;
xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro axborot almashish borasida tuzilgan bitimlar doirasida taqdim etilgan ma’lumotlar;
ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari materiallaridagi ma’lumotlar;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar (hukm, qaror, ajrim, hal qiluv qarori va boshqa hujjatlar);
soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
statistika organlaridan olingan ma’lumotlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin