003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
R = Sr / Sp x 100% Bunda:
R — xavf darajasi (foizda);
Sr — soliq to‘lovchiga berilgan xavf ballari yig‘indisi;
Sp — xavf darajasini aniqlashda qo‘llangan potensial soliq xavfi ballari yig‘indisi.
Bunda soliq xavfi darajalarini baholash natijalari yuqoridan kamayish tartibida, baholash natijalari teng bo‘lganda esa — to‘lanmagan soliq summasi ehtimoli asosida quyidagicha toifalanadi:
81 foizdan 100 foizgacha — yuqori xavf;
30 foizdan 80 foizgacha — o‘rta xavf;
1 foizdan 29 foizgacha — past xavf.
14. Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq ma’murchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.
4-bob. Soliq xavfi darajasini aniqlash davriyligi 15. Soliq to‘lovchining soliq xavfi darajasi soliq xavfini boshqarish tizimi asosida olti oyda bir marta aniqlanadi.
16. Soliq xavf darajasi yuqori bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan o‘ttiz kalendar kundan ortiq soliq qarzdorligi to‘lanmagan taqdirda soliq xavfi darajasi har chorakda bir marta aniqlanishi shart.
5-bob. Soliq to‘lovchini aniqlangan soliq xavfi darajasi mezonlari haqida xabardor qilish tartibi va muddatlari 17. Soliq xavfini boshqarish tizimida maxfiy bo‘lmagan mezonlar orqali aniqlangan soliq xavfi darajasi mezonlari haqidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
18. Soliq to‘lovchilar zarur hollarda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga soliq xavfi darajasi mezonlari bo‘yicha tushuntirishlar yuborishga haqli.
19. Ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan soliq organlari tomonidan olingan soliq to‘lovchilarning tushuntirishlari, soliq xavfini boshqarish tizimini qo‘llashda va soliq xavfini tuzatishda hisobga olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 191. Soliq maslahatchilari tomonidan soliq to‘lovchilarga soliq hisobini yuritish bo‘yicha xizmatlar doirasida taqdim etilgan soliq maslahatiga oid xulosa soliq tavakkalchiligini baholash chog‘ida soliq organlari tomonidan qabul qilinadi
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)