Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]


-modda. Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish



Yüklə 73,42 Kb.
səhifə19/46
tarix28.09.2023
ölçüsü73,42 Kb.
#150157
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
O‘RQ-580 05.11.2019 (3)

28-modda. Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish
Banklar o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan o‘z aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshishi mumkin emas.
Bank o‘z aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarorini taqdim etadi.
Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lsa, shuningdek ushbu sotib olish prudensial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]
3-bob. Filiallar va vakolatxonalar
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari
Banklar O‘zbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin.
Bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir.
Banklar o‘z filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risida bankning vakolatli organining qarori;
filial rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta’minotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim:
bankning barqaror moliyaviy holati;
filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy ta’minoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi.
Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir.
Bank tomonidan filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan o‘n besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga o‘tkazishi shart.
Bank filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni ta’minlashga doir rejani taqdim etishi kerak.
Bank vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Yüklə 73,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin