Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyatini va mazmunini to’g’ri yorita olsa;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilimiylilik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
fan bo’yicha mavzu materiallarining nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tassavurlarga ega bo’lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namayon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;
konspektga puxta tayyorlangan bo’lsa;
mustaqil topshiriqlarni to’liq va aniq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo’yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo’lsa;
tarixiy jarayonlarni sharhlay bilsa.
4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyatini va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilimiylilik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;
fan bo’yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o’quv dasturi doirasida bajarsa;
fan bo’yicha berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;
fan bo’yicha konspektini puxta shakllantirgan bo’lsa;
fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni to’liq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’zlashtirgan bo’lsa.