“Moliya asoslari”

Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103658
1   2   3   4
Moliya asoslari (2)

Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.

Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:

Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:

  • bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish;
  • qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
  • qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.

  • Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin