Obligatsiyalarning tasnifiy belgilari
|
Mos ravishda obligatsiya turlari
|
Emitent turiga koʻra
|
- Davlat obligatsiyalari
- Munitsipal obligatsiyalar
- Korporativ obligatsiyalar
- Xorijiy obligatsiyalar
|
Muddatiga koʻra
|
- Toʻlov va soʻndirish muddati qatʼiy belgilangan obligatsiyalar
- Muddatsiz yoki qoplanmaydigan obligatsiyalar
- Qoplash muddati kelguncha emitent tomonidan qayta chaqirib olinishi mumkin boʻlgan obligatsiyalar
- Qoplash muddati kelguncha investor obligatsiyaning nominal qiymati boʻyicha toʻlovni olish va qaytarish huquqi bilan joylashtiriluvchi obligatsiyalar
- Emitentga toʻlovni uzaytirish huquqini beruvchi qoplash muddati uzaytirilgan obligatsiyalar
|
Egalik qilish huquqi boʻyicha
|
- Nomi yozilgan, emitent reyestr kitobida va obligatsiya muqovasida obligatsiya egasining nomi kiritiladigan obligatsiyalar.
- Taqdim qiluvchiga, obligatsiya egasi taqdim etgan hujjat evaziga.
|
Obligatsiya maqsadiga koʻra
|
- Oddiy, turli loyihalarda foydalanishi koʻzda tutilgan qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilish maqsadida emissiya qilingan obligatsiyalar
- Maqsadli, joylashtirishdan tushgan mablagʻlar aniq investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirila-digan obligatsiyalar (infratuzilma obligatsiyalari)
|
Joylashtirish shakli boʻyicha
|
- Erkin joylashtiriladigan obligatsiya zayomlari
- Qatʼiy joylashtirish sharti bilan emissiya qilinadigan obligatsiyalar
|
Nominal qoplanish sharti boʻyicha
|
- Nominal summa bir marta qoplanadigan obligatsiyalar
- Belgilangan vaqt oraligʻida nominal summadan ulushli toʻlovli obligatsiyalar
- Obligatsiyalar umumiy sonidan izchil ravishda qatʼiy belgilangan toʻlovli obligatsiyalar (lotoreyalar, tirajli zayomlar)
|