BUY SELL Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha uchta tur keng qoʻllaniladi:
kuponli, qatʻiy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar
diskontli (kuponsiz), yoki nollik kuponli obligatsiyalar
qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar Xazina majburiyatlari – bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini berishni ko’rsatuvchi egalik qiladigan davlat qimmatli qog’ozlaridir
Depozit sertifikatlari – bu pul mablag’lari omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugaganidan keyin depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda ko’zda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to’lash haqidagi so’zsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Oddiy veksel va o’tkazma veksel turlari mavjud.
Sukuk Sukuk (islomiy qimmatli qog’oz) – aktivning yoki tadbirkorlik faoliyatining foyda va zararida ko’rsatilgan ulushda ishtirok etishini bildiruvchi qimmatli qog’oz. Ingliz manbalarida islomiy obligatsiyalar nomi ostida keng qo’llaniladi.
Sukuk emissiyasi va muomala institutlari
Sukuk turlari Hosilaviy qimmatli qog’ozlar – o’z ekalarining boshqa qimmatli qog’ozlar, valyuta, indeks, foiz va tovarlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi sertifikatdir. Turlari: