20.Давлат бюджетининг моҳияти, аҳамияти ва статистиканинг вазифалари нималардан иборат? Budjet «Budget»
chemodan, pul bilan to‘ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda
ishlatilgan. Budjet - daromadlar va xarajatlar rejasi, ya’ni moliya
rejasidir. Bu reja har bir shaxs, oila, xo'jalik yurituvchi subyekt,
tuman, shahar, viloyat va davlat miqyosida tuzilishi mumkin. Davlat
budjeti davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ixtiyoridagi
yirik markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir. Davlat budjetida
barcha asosiy moliya institutlari: xarajatlar, turli daromadlar, davlat
krediti birlashgan. Davlat budjeti davlatning moliya resurslarini vujudga
keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni
belgilaydi.0 ‘zbekiston Respublikasida yagona
budjet tizimi shakllantirilgan. U ikki bo‘g‘indan iborat bo'lib, davlat
budjeti respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy
budjetlar (viloyat, shahar, tuman) ni o‘z ichiga oladi
Davlat
budjeti statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya, soliq)
siyosati mazmuni va yo'nalishini belgilovchi budjetning asosiy
ko‘rsatkichlariga miqdoriy tavsifberishdir. Bu vazifani quyidagicha
belgilash mumkin:
1.0 ‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi
sharoitida davlat budjeti tasniflarida ko'rsatkichlar
tizimini tuzish, ularni hisoblash va baholashda xalqaro standartlami
joriy qilishni tugallash;
2.Davlat budjetining asosiy funksiyalari: yalpi milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartibga solish va
rag‘batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliya bilan ta’minlash va mamlakatning
markazlashtirilgan pul jamg‘armalarini vujudga keltirish
va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif
berish;
3.Davlat budjetining daromadlari, xarajatlari va defitsiti (profitsiti)
ning umumiy summalarini hisoblash;
4.Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tarkibi va tarkibiy
tuzilishini o‘rganish;
5.Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish m anbalarini
o‘rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko‘lamini baholash;
7. Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholini
turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va boshqalar (masalan, budjet
tashkilotlari shoxobchalari, xodimlari soni, sarf-xarajatlari va
boshqalar)