Bitimlar kam tuzilganda faqat yakuniy kotirovka amalga oshiriladi, у ink birja savdolari bajarilganda esa, narxlar darajasini birja kuni mobaynida aniqlashga zarurat tug'iladi.
Fond biijasida kotirovkaning roli bitimlarning turiga qarab har xil bo'ladi. Bitimlar, yuqorida ta’kidlanganidek, kassa bitimlariga yoki muddatli bitimlarga bo'linadi. Hozirgi kunda «Toshkent» RFBda real qimmatli qog'ozlar bilan savdolar qilinmoqda. Bunda ushbu qimmatli qog'ozlar narxini kotirovkalash ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo'lib, birja savdolari ishtirokchilari uchun sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog'ozlar narxi darajasini aniqlashda mo'ljal bo'lib xizmat qiladi. Kotirovka fond birjasining ekspert-kotirovka komissiyasi tomonidan awalgi birja savdosining (masalan, kechagi kunning) natijasiga ko'ra amalga oshiriladi. Shunday qilib, kotirovka narxi mazkur birja savdosi uchun oldindan belgilanmagan bo'lib, bozoming kechagi holati haqida axborot beradi. Bu sotuvchilar va xaridorlarning biijadagi bozor holatini (sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog'ozlar narxi darajasini) to'g'ri aniqlash uchun juda zarur, ya’ni agarda biz o'tgan birja kunining narxlari va ular shakllangan sharoitlar to'g'risida fna’lumotlarga ega bo'lsak, u holda bugungi narxlarning taxminiy darajasini yetarli darajada aniq belgilashimiz mumkin bo'ladi. Narxlar kotirovkasining ahamiyati muddatli bitimlardan birmuncha farq qiladi. Muddatga tuziladigan shartnomalarda (shartnomani ma’lum kelajak yil mobaynida ijro etish bilan) bitimlar narxlari har doim ham ko'rsatilmaydi. U holda ushbu shartnomalar shartnoma shartlariga ko'ra, bitim ijro etilishi lozim bo'lgan kunda yuzaga kelgan narxlar bo'yicha ijro etiladi. Shunday qilib, ushbu kun kotirovkasining narxlari brokerlar uchun, nafaqat mo'ljal, balki bunday bitim uchun belgilangan narx bo'lib qoladi. Shuni nazarda tutish kerakki, narxlar kotirovkasi tushunchasiga, nafaqat talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga keladigan bozor narxini aniqlash kiradi (tor ma’nodagi kotirovka). Kotirovka tushunchasi unga talab narxi, taklif narxi, birja kuni boshidagi narx va birja kuni yakunidagi narx, muayyan davrdagi narxlarning eng yuqori hamda eng past darajasi va shu kabilaming kiritilishini nazarda tutadi.
168
Fond biijalaridan tashqari, qimmatli qog‘ozlar narxlarining kotirovkasi dilerlar tomonidan biijadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin. Narxlami emitentlaming o'zlari tomonidan kotirovka qilinishi taqiqlanadi.