korxonaning asosiy faoliyati uchun berilgan litsenziyalardan birortasining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas, deb tan olinishi, asosiy faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish;
muhim maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanish va h.k.
Listing arafasida turgan korxonalar qimmatli qog‘ozlarining delistingi doimiy yoki mutlaq bo'lishi mumkin. Doimiy delisting borida emitentning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari korxonalar toifasiga o'tkaziladi. Listing arafasida turgan korxonaning mutlaq delistingi holatida esa, uning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro'yxatidan o'chirilishi lozim. Listingga kiritgan korxona qimmatli qog‘ozlarning delistingi faqat mutlaq bo'lishi mumkin va ushbu holatda emitentning qimmatli qog'ozlari birja rasmiy ro‘yxatidan o'chirilishi kerak. 9.6. Qimmatli qog'ozlaming kotirovka mexanizmi Ekspert-kotirovka komissiyasi ishining muhim qismi qimmatli qog'ozlar narxini kotirovkalash sanaladi. Fond birjasida kotirov- kalash — bu birjada tuzilgan bitimlar, shuningdek, bozor konyunk- turasini tavsiflovchi boshqa bozor axborotining (talab va taklifning o'zaro nisbati) narxini aniqlash va belgilashdir. Kotirovka birja kunining natijalari bo'yicha hamda savdo jarayonida (joriy yoki oraliq kotirovka) amalga oshirilishi mumkin. Bu birja savdolarining tezligiga, qimmatli qog'ozlar aylanmasining hajmiga bog'liq.