Qimmatli qog'ozlar bozorida davlatning ishtiroki qimmatli qog'ozlar bo'yicha bitimlarni tartibga solish orqali ham namoyon bo'ladi. Masalan, qimmatli qog'ozlar bozoridagi narx-navo, mulkdor, daromadlilik darajasining o'zgarishi, shuningdek, ular bo'yicha o'zaro hisob-kitoblar bilan bog'liq har bir operatsiya qonunchilik tomonqdan belgilangan tartibda ro'yxatga olinishi zarur. 11.2. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga
soluvchi organlaming tarkibi Fond bozorini tartibga solish jarayonida niazkur mamlakatda fond bozorini tartibga solish vakolatiga ega bo'lgan va qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish bo'yicha javobgarlikni o'z bo'yniga olgan organ yoki organ- larning zimmasiga yuklatilgan. Qimmatli qog'ozlar bozorida davlat nazorati vakolatlangan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. MDHning turli mamlakatlarida bunday organlaming maqomi va vazifasi turlicha. Qator mamlakatlarda (RoSsiya Federatsiyasi, Qozog'iston) ushbu organlar barpo etilish jarayonida va o'z vazifalarini amalga oshirishda hukumatdan mustaqildirlar. Boshqa mamlakatlarda bunday tashkilotlar hukumatning yoki ayrim hukumat muassasalarining tarkibida faoliyat ko'rsatadi. Ayrim mamlakatlarda mazkur organlaming maqomini aniq belgilab berish masalasi oxirigacha hal etilmagan (Ukraina) yoki bunday organlar umuman tashkil etil- magan (Armaniston). Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishning jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog'ozlarning miliiy bozori yetarli darajada rivojlanishiga erishilganda, qimmatli qog'ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi vazifasini ijroiya hokimiyati tarkibiga kirmaydigan va hukumatdan mustaqil ravishda qaror qabul qiluvchi maxsus vakolatlangan davlat organi amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunday mustaqillikning zarurati shu bilan shartlanganki, davlat qimmatli qog'ozlar bozorida bir yilning o'zida davlat qimmatli qog'ozlarining emitenti, sarmoyador (ya’ni, miliiy va xorijiy kompaniyalar aksiyalari yirik paketlarining egasi) va qimmatli qogfozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish