qoidalarini belgilovchi (bu qoidalar bozofning barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlarni belgilab berishi lozim) tartibga soluvchi subyekt sifatida xolisona ishtirok etadi. Davlat hukumat orqali emitent hamda sarmoyador sifatida ishtirok etgani bois, u o'z faoliyatini boshqa (nodavlat) subyektlar bilan teng huquqlilik asosda amalga oshirishi lozim. Shuning uchun qimmatli qog'ozlar bozorining hukumat tarkibiga kirmaydigan va unga hisobot bermaydigan maxsus vakolatlangan organ tomonidan tartibga solinishi manfaatlar o'rtasidagi nizolardan ma’lum darajada kafolat hisoblanadi. 0‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillari boshida qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish masalalari bilan Moliya vazirligi qoshidagi maxsus boshqarma shug'ullandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-sentabrdagi Farmoniga muvofiq davlat boshqaruvi turli organlari (Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Davlat mulki qo'mitasi), fond biijasi, investitsiya muassa- salarining vakillaridan tarkib topgan 17 kishidan iborat qimmatli qog'ozlar va fond biijalari bo'yicha Davlat komissiyasi tashkil etildi. Komissiya respublikaning har bir viloyatida o'z bo'linmasiga ega bo'ldi. Komissiya fond bozorini tartibga solish sohasidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish, qimmatli qog'ozlar nashrlarini ro'yxatga olish, emitentlar faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish ishlarini amalga oshirdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi Farmoniga muvofiq, yuqorida qayd etilgan komissiyaning negizida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi qoshidagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o'rinlarda Markaz) tuzildi. U viloyatlarda Davlat mulki qo'mitasining hududiy bo'linmalari tarkibida o'zining hududiy bo'limlariga ega. Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
respublikada ro'yxatga olingan qimmatli qog'ozlar nashrlari va fond bozori ishtirokchilarining yagona reyestrini yuritish, qimmatli