mablag'larini yengil jalb qilishgabog'liq. Masalan, agar ipoteka zayomlari ishonch tariqasida bo'lmaganda edi, ko'pchilik uylami sotib olish imkoniyatiga ega bo'lmasdilar, zayom mablag'larisiz uylami qurilishida va qurilish ashyolari ishlab chiqarishda judayam kam ishchi band bo'lgan bo'lur edi. Shuning uchun, agar ko'chmas mulkni kafolatsiz kreditlash hajmi kamaysa, pirovardida bu mamlakatda umumiy iqtisodiy faollikni pasayishiga olib kelgan bo'lar edi: bu tushunarli, chunki aynan pullarni maqbul tasarruf qila olishi mumkin bo'lganlarga ularni olish yengil bo'lsa, iqtisodiy o‘sishni zarur sharoitini ta’min- lagan bo'lur edi. Investitsiya mukofoti. Investitsiyalarga daromad yoki foyda joriy daromad yoki qo'yilgan mablag'larni qiymatini o'sishi sifatida olinishi mumkin. Masalan, bankni omonat hisobiga joylashtirilgan pullar muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad beradi, shu bilan bir paytda bo'sh turgan yer uchastkasi sotib olishga qo'yilgan pullar, uni sotib olish va sotish orasidagi o'tgan paytda uchastkani qiymatini o'simi ko'rinishida daromad keltiradi. Mablag'larga muhtoj bo'layotganlar kimda ular ortiqcha bo'lsa jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul yetkazib beruv- chilarni tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib gapirganda, investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun pul yetkazib beruv- chilar mukofot olishi lozim, pul xaridorlari esa ushbu mukofotni ta’minlashlari lozim. Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi. Amalda inves- titsiyalashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Investor tavakkalchilikni qoniqarli darajasida mo'ljallangan daromadni beruvchi investitsiya portfelini shakllantirish lozim. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari va shakllari
Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibini 12-chizmada ko'rish mumkin. Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usul- larda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalami moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muam-
199
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari tarkibi