o'zgaruvchan bo'ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo'lsa, u uzoq muddatli bo'lsa, u holda o'zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi. Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to'langanidan keyin yo‘l qo'yiladi'. Наг bir loyihada moliyalashtirishning turli xil shakllarining oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim mos kelsin, ya’ni:
aksionerlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag'lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbai bo'ladi;
moliya bozorlarining asosiy vazifasi — jamg'armalarni ishlab chiqarish investitsiyalariga yo'naltirishdir. Moliyaviy bozorlarsiz korxonalar o'z mablag'lariga tayanishga majbur bo'lar edilar, bu esa uni rivojlanishini keskin chegaralab qo'yadi.
Xorijiy kapital qo'yilmalarining yana bir muhim shakli — portfelli investitsiyalar ham qabul qiluvchi iqtisodiyotga ziddiyatli ta’sir ko'rsatadi. Portfelli investitsiyalar ishlab chiqarishni moliyalashtirish shakli bo'lib, u yoki bu investor-firmaning xususiyatlari va tarmoq afzalliklarini aks ettirmaydi. Ularni xorijiy kompaniyalar va milliy firmalar amalga oshirishi mumkin. Ba’zan portfelli investitsiyalar milliy firmalarning raqobatbardoshligini oshiradi, chunki mavjud resurslar hajmini ko'paytiradi. Venchurli kapital — milliy va xalqaro kapital bozorlaridagi dastlabki aksiyalar, korporativ obligatsiyalar portfelli kiritmalar shakllari sifatida kapital qo'yilmalarini bevosita moliyalashtirishlari mumkin. Boshqa shakllar — xorijliklar tomonidan ichki ikkilamchi bozorda qimmatli qog'ozlaming sotib olinishi, hukumat obliga- tsiyalarining katta qismi va derivativlar iste’molining o'sishini rag'batlantirishi mamlakat iqtisodiyoti holatiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Portfelli investitsiyalar mamlakat iqtisodiyoti holatiga aktiv- larning o'sishi hisobiga ta’sir ko'rsatadi, bu esa moddiy boyliklar
1 0‘zbekiston Respublikasining «0‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchclar kiritish to‘g‘risi4a»gi Qonuni. T., 2007, 104-modda.