qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirjjh muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uning raqobat- bardoshliligini oshirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish imko- niyatini yaratib beradi. 0‘zbekistonda moliyaviy investitsiyalaming iqtisodiyotdagi rolini oshirish zarurati quyidagilar bilan belgilanadi: 2000—2012-yillarda QQB orqali iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalaming jami investitsiyalar tarkibidagi ulushi yetti foizdan oshmagani hamda aksiyalar bozori kapitallashuvining YalMga nisbati 0,8 %, savdo aylanmasi esa 0,2 % ga teng bo'lganligi uchun bu holat barqaror makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatiga to'sqinlik qilmoqda. Shu bois, moliyaviy investitsiyalami tahlil qilish, samaradorligini baholash, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini o'rganish muhim hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy elementi bo'lgan aksiya bozorini tahlil qilishda asosiy masala aksiyalami emissiya chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratiladi1. Lekin qimmatli qog'ozlar bozoridagi mavjud amaliyot natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, uning ishtirok- chilari va bozor operatsiyalari mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni to'la namoyon etmayapti. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyo- timizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo'nalish — bu asosiy yetakchi sohalami modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat»1 2. Bunday sharoitda
1 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradigan yil bo'ladi. Prezident Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vaziriar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. «O'zbekiston ovozi» gazetasi, 2012-yil 20-yanvar.
2 l.A. Karimov. Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T., «O'zbekiston», 2010, 65-bet.