amaliyotda davlat kapitali ko'proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq muddatli kapital esa tadbirkorlik shaklida faoliyat ko‘rsatadi. Kelib chiqish manbalariga ko'ra, bu davlat mablag‘lari yoki xususiy kapital ko'rinishida bo'ladi. Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi. U davlat budjetidan xorijga chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar qarori bilan, yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan mablag'lardir. Shakllariga ko'ra,bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovg'alar), yordam ko‘rinishida bo'lib, ulaming xalqaro harakati hukumatlararo shartnomalar bilan belgilanadi. Xalqaro tashki- lotlaming kreditlari va boshqa mablag'lar ham shular qatoriga kiradi. Biroq, har qanday hollarda ham bu soliq to'lovchilarning oluvchiga turli yo'llar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi. Xususiy kapital — bu xususiy shaxslar tomonidan xorijga joy- lashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag‘laridan iborat. Ular tarkibiga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kiradi. Ular davlat budjeti bilan bevosita bog'liq bo‘lmaydi, biroq, hukumat ulaming ko'chib yurishini kuza- tib turadi va o‘z vakolatlari doirasida ulami nazorat qilib, boshqarishi mumkin. Xalqaro kapital migratsiyasining asosiy shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali ko‘rinishida bo'ladi. Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi uch majburiy belgilar xos bo'ladi: Xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish;
Xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo'lish.
Yuqorida qayd etib o'tilgan xususiyatlar va ishtirok etish maq- sadlarining qanchalik amalga oshishiga bog'liq holda, tadbirkorlik kapitalini chetga chiqarishning ikki turi ajratiladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalar (PI). Ma’lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalaming hamma