kapital ekspansiyasi yangi texnologiyalar va «nou-xau»larni butundunyoga tarqatib, jahon bozorlarining diversifikatsiyasini yanada chuqurlashtiradi, tegishlicha ishlab chiqarish hajmiga erishish jahon bozorining umumiy samaradorlik darajasini, uning raqobat- bardoshligini oshiradi;
kapital ekspansiyasi va uning jahon iqtisodiyotining daromadli o'sish nuqtalariga ko'chib o'tishi uzoq istiqbolda ishlab chiqarish shart-sharoitlarini tenglashtirish, milliy narxlaming jahon narxlariga yaqinlashishi, ish haqi va foiz stavkalarida milliy farqlaming yo‘qo- lishi tendensiyasini yuzaga keltiradi;
o‘zi uchun bevosita yoki uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun tramplin sifatida barqaror bozomi ta’minlash;
xalqaro korporatsiyalarning turli mamlakatlarda o‘z «ichki bozor»larini, u yoki bu tarmoqlarini yaratishi natijasida ishlab chiqarish kapitalning baynalmilallashuvi jarayoni bilan to'ldi- riladi;
o‘z manfaatlarini mintaqaviy va yanada yuqoriroq xalqaro darajadagi davlatlararo munosabatlarga kiritish;
sherik mamlakatlaming ichki ishlari va davlatlararo munosa- batlariga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish. investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar milliy an’analari va madaniy qadriyatlarini, mehnatkashlar huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha umume’tirof etilgan tamoyillaiga rioya qilgan holda xalqaro hamkorlikning muhim omili sifatida xalqaro investitsiyalarni e’tirof etish.
Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok darajasi qator ko'rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi ko'rsatkichlaiga quyidagi mutlaq ko‘rsatkichlar kiradi: kapital eksporti va importining hajmi, kapital eksporti-importi soni qoldig'i, mamlakatdagi xorijiy kapi- talli korxonalar va ulardagi bandlar soni va h.k. Kapital eksporti- importi qoldig‘idan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital eksport qiladigan (Yaponiya, Shveysariya), kapital import qila- digan (AQSH, Buyuk Britaniya) hamda eksport va import hajmi taxminan bir xil bo'lgan mamlakatlarga (Gemnaniya, Fransiya) ajratishadi:
206
Boshqa guruh ko'rsatkichlar nisbiy ko'rsatkichlar bo'lib, ular xalqaro kapital migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital importi-eksportiga bog'liqligini aks ettiradi: kapital importi koeflitsiyenti — import qilingan xorijiy kapitalning mamlakat YalMdagi ulushini ko'rsatadi: