qimmatli qog'ozlar bozori (QQB)ni rivojlantirish orqali insti- tutsional investorlaming investitsiyalarini keng jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. «Aynan qimmatli qog'ozlar bozorining holatiga qarab, bozor munosabatlari shakllanishi jarayonining nechog'lik shiddatli kechayotganligiga xolisona baho berish mumkin. Islohotlami yanada chuqurlashtirishning prinsipal vazifasi — qimmatli qog'ozlar bozorini, eng avallo, ikkilamchi bozorini yanada faolroq rivojlantirish zarur»1 deya ta’kidlagan edilar Yurtboshimiz. So'nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanib borayotganligi, ayniqsa, aksiyalar va obligatsiyalar bozorining kengayib borayotganligini inobatga olib, qimmatli qog'ozlaming investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi o‘mi ortib borayotganligini ko'rish mumkin. Fond bozori vositalari orqali investitsiya faoliyatini moliyalashtirish orqali portfel investitsiyalar hajmini oshirish, investorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, aksiyadorlik jamiyatlarini bozor faolligini oshirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda turli moliyaviy vositalardan keng foydalaniladi. Moliyaviy vositalar turlari, xossa va xususiyatlari; chiqarilishi va muomalasi, iqtisodiy samaradorligi, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni belgilashi; bajaradigan funk- siyalari bilan farqlanadi. Moliyaviy vositalarning eng keng tarqalgan turi sifatida fond bozori vositalarini keltirish mumkin. Fond bozori vositalari bo'lib, turli xildagi qimmatli qog'ozlar, ya’ni aksiyalar, obligatsiyalar, hosilaviy qimmatli qog'ozlarni aytish mumkin. Keng ma’noda moliyaviy vositalar moliya tizimi va uning tarkibiy bo‘g‘inlarida qo'llaniladigan vositalar, usul, usul ele- mentlari, investitsion vositalar (qimmatli qog‘ozlar) va ular muo- malasini amalga oshirish va tartibga soluvchi element (vosita)lami o'z ichiga oladi.
1ЛЛ. Karimov. Bank tizimi, pul muomalasi, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. T., «O'zbekiston», 2005, 254-bet.