Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə152/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179
3-176 Moliya bozori

194




Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya obyektlartga ega bo'lish, foydalanish, farmoyish chiqarish va reinvestorlash huquq- lariga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda subyektlar o‘rtasida bo'ladigan munosabatlar shartnomalar asosida muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlami aniq- lash va boshqa xo'jalik munosabatlarini o'rganish, ular qabul qilingan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati subyektlari zimmasida bo'ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga tuziladi.
Kapitalni o'sish manbasi, investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS)
aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya xarajatlariga (IX) bo'lgan nisbati foiz ko'rinishida olinadi:
IS=F/IX-100.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda, investitsiyalash amalga oshgunga qadar, investitsiyalash davrida va investitsiyalashdan davom etadi.
11-chizmada investitsiya jarayonini aks ettiruvchilarkeltirilgan. Chizmadan ko'rinishicha, pul resurslarini taklif qilayotgan shaxslar unga ehtiyoj sezayotganlarga moliyaviy institutlar, moliyaviy bozorlar orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin. Moliyaviy institutlar moliyaviy bozorda talab tomonida va taklif tomonida turib ishtirok etishi mumkin. Moliyaviy bozorni qisqa muddatli sektori pul bozori, uzoq muddatlisi esa kapital bozori deb atalib, unda fond biijasi o‘rni salmoqlidir.
Investitsiya jarayoni ishtirokchilari. Investitsiya jarayonining bosh ishtirokchilari — davlat, kompaniyalar va xususiy shaxslar bo‘lib, ulami har biri investitsiya jarayonida talab tomonida yoki taklif tomonida turib, ishtirok etishi mumkin.
Davlat. Yuqoridagi loyihalar ko‘p hollarda, turli ko'rinishdagi uzoq muddatli qarz majburiyatlar - obligatsiyalar chiqarish yo'li bilan moliyalashtiriladi. Pulga bo'lgan talabni boshqa manbayi bo‘lib,



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin