Birinchidan, qo'yilish obyektiga Qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) — pul mablag'larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa ulaming nisbiyjihatdan hududlar va tarmoqlar bo'yicha taqsimotini bildiradi. . Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi tnuhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiya- lar ajratiladi, davlat kapital qo'yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o'zlashtiriladi. Davlat tomonidan o'zlashtiriladigan investitsiyalar, dastlabki bozor infratarkibini va u bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirish asosiy kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va o'stirish hisobiga amalga oshiriladi. Real investitsiyalami tavsifnomalash, ulaming hajmi va daromad me’yorlari asosida olib boriladi. Investitsiyalar hajmi o'zlashtiriladigan qo'yilmalar qiymatini ifodalaydi, investitsiyalar miqdori esa ularning hajmini YaMMga yoki YalMga bo'lgan nisbatini ifodalaydi. Inflatsiya yuqori va chuqurlashgan davrda esa aytilgan ko'rsatkichlarga uning ta’siri to'g'ridan to'g'ri bo'ladi. Investitsiya me’yori ishlab chiqarilgan YalM yoki YaMM qanchalik kapital sig'imkorligini, ya’ni qay darajada kapital xarajatlarini talab qilinishini bildiradi. Jamg'arish samarasi kapital sig'imkorligini o'sishi koeffitsiyentlari asosida aniqlanadi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to'lov va moliyaviy maj- buriyatlarning barcha turlarini o'zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vosita- laming eng muhimlari qimmatli qog'ozlardir: ulushli (aksiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o'laroq moliyaviy investitsiyalami ko'proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo'lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig'masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalami boshqarish hisoblanadi.