qog'ozlar bozorining tuzilmasi, uni ng rivojlanishi haqidagi'ma’lu- motlar bazasini barpo etish, qimmatli qog'ozlar muomalasini tartibga solish, hisobga olish va hisobotlami tashkil qilish;
qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonun hujjatlarining barcha davlat organlari va subyektlar tomonidan bajarilishini ta’minlash hamda uni nazorat qilish;
respublika va xorijiy emitentlar qimmatli qog'ozlarini chiqarish hamda ulaming milliy va xalqaro bozorlarda samarali muomalada bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlami ta’minlovchi me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish;
qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalami amalga oshiruvchi sarmoyadorlar — yuridik hamda jismoniy shaxslaming huquq va manfaatlarini himoya qilish;
sarmoyadorlar va jamoatchilikni qimmatli qog'ozlar bozorining ahvoli hamda uning ishtirokchilari to'g'risida keng xabardor qilish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv idoralari, qimmatli qog'ozlar bozorining professional va noprofessional ishtirokchilari faoliyatlarini muvofiqlashtirish.
Markazga bosh direktor yetakchilik qiladi. U o'z lavozimiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi raisining o'rinbosari hisoblanadi. Bosh direktoming ikki o'rinbosari hukumat tomonidan tayinlanadi. Markaz viloyatlarda o'z bo'limlariga ega bo'lib, bu bo'limlar ham Davlat mulki qo'mitasining hududiy bo'linmalariga bo'ysunadi. Bo'limlaming rahbarlari Markaz bosh direktorining roziligi bilan Davlat mulki qo'mitasining hududiy bo'linmalari tomonidan tayinlanadi. Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi xodimlarining umumiy soni 180 kishini, shu jumladan, Markaz apparati xodimlarining soni 45 nafami tashkil qiladi. Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qimmatli qog'ozlar nashrlarini, emitentlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy emitentlar qimmatli qog*ozlarining emissiya risolalarini ro'yxatga
187
oladi. U 0‘zbekistonda ro'yxatga oliagan qimmatli qog'ozlar nashrlarining yagona davlat reyestrini yuritadi, emitentlaming fao- liyatini nazorat qiladi, axborot tizimini yaratish, qimmatli qog'oz- lar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora- tadbirlarini amalga oshiradi, emitentlar tomonidan axborotning to'liq oshkor etilishini nazorat qiladi, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishga doir sarmoyadorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash chora - tadbirlarini amalga oshiradi.