tsiyalashgan, real bazisga ekvivalent, qiymatga va xossalarga ega bo'lgan, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, muayyan shakllarda daromad kelti- ruvchi investitsion kapital, to‘lov vositasi hamda alohida moliyaviy tovardir. Moliyaviy instrumentning ekvivalentlik xossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo'lishi mumkin. Moliyaviy instrumentning moliyaviy tovarliligi xossasi uni boshqa turdagi tovarlardan farqlanadi, ular iqtisodiyot subyektlari tomonidan chiqariliadi. Ulami fiskal va monetar siyosat instru- mentlariga ajratish mumkin. Ushbu chizmada moliyaviy instrument - larning tasniflanishi keltirilgan.
3-chivna. Moliyaviy instrumentlar tasnifi.
Demak, moliyaviy instrumentlar moliya bozorida moliyaviy resurslar investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qilishini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Moliyaviy instrumentlar monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda iqtisodiyot hamda moliya bozorini ekvivalentligi maxsus samarali iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan bo'ladi. Moliyaviy instrumentga xos quyidagi xossalarini keltirish mumkin:
har bir turiga mos maqsad va funksiyasi, bozori va undagi muomala mexanizmi;
monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta’minlanganligi;
har bir tunning bozor parametrlari (indikatorlari);
har bir turiga mos chiqaruvchilari va ulaming instrument bo'yicha shartlari va h.k.
Moliyaviy instrumentning mazmuni uning bozordagi funksiyasi va roli, u bilan bog'liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida belgilanadi. Yuqorida aytib o'tilganlardan kelib chiqqan holda moliyaviy instrumentning quyidagi funksiyalarini ta’kidlash mumkin:
o'z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga, boshqa ma’lum qo'shimcha huquqlami (masalan, ovoz berish, boshqaruvda ishtirok etish, ma’lumotga ega bo'lish, kreditorlik mavqei va h.k.) berish;
alohida tovar sifatida muomalada bo'lish, bozor konyunk- turasini va unda biznes sifatini belgilash; uni chiqaruvchisi va bozor holati to'g'risida informatsiya bilan ta’minlash va h.k.;
tavakkalchilik sharoitida kapital bo'yicha daromad olishni, kapitalni qaytarilishini ta’minlash va h.k.
Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliyaviy instni- mentlaming mazmuni, xossa va xususiyatlarini ifodalaydi. Moliyaviy instrumenlar tasnifi Moliyaviy instmmentlar tasnifi ularga oid tushunchalar, munosabatlar, xossalar va xususiyatlaming o'zaro bog'liqligini ochib berishga hamda bu bog'liqlikni mantiqan qurilgan tizim ko'rinishida ifoda etadi. Shu yo'sinda tasnif moliya bozori mazmun-mohiyatini, undagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar jarayonlariga xos xossalar va qonuniyatlarni chuqurroq hamda kengroq tushunishga xizmat qiladi. Zamonaviy moliya bozori moliyaviy instrumentlaming turli xillari bilan mujassamlashgan bo'lib, ulami bir necha belgilar asosida tasniflashni taqozo etadi. Muomalaga chiaarilishi maqsadi bo'yicha: to'lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalami jalb qilish va ular bo'yicha daromad olish qarz va ulush munosabatlarini ifodafovchi investitsion moliyaviy instmmentlar.