Moliya bozori


Дж.Р.Хикс. Стоимость и капитал. М., «Прогресс», 1988, стр. 365



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə17/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179
3-176 Moliya bozori

1 Дж.Р.Хикс. Стоимость и капитал. М., «Прогресс», 1988, стр. 365.


1 Рынок ценных бумаг и его финансовые инструменты. Учебное пособие. Под ред. В.С. Торкановского. СПб., АО «Комплект», 1994, стр. 421; Ценные бумаги. Учебник. Под ред. В.И. Колесникова, В.С. Торкановского. 2-е изд., перераб. и доп. М., «Финансы и статистика», 2000, стр. 448; ЯМ. Миркин. Ценные бумаги и фондовый рынок. М., «Перспектива», 1995.


28




qimmatli qog'ozlami shaklan turli, mazmunan o'xshash, lekin to'liqligi bilan ajraladigan hajmdagi ma’noda talqin qilinishiga olib kelmoqda.
Ushbu tendensiya qimmatli qog‘ozlar evolutsiyasida tabiiy holatdir, chunki barcha nazariy talqinlar vaqt o'tishi bilan qimmatli qog'ozlarning mazmun-mohiyati takomillashib borgani uchun o'zgarishi obyektiv jarayondir. Shuning uchun qimmatli qog‘ozlar va ularning bozorini hozirgi paytdagi mazmun-mo­hiyati, iqtisodiyotdagi ahamiyati, roli va funksiyalaridan kelib chiqqan holda moliyaviy instrument singari quyidagicha talqin qilish mumkin.
Qimmatli qog'ozlar,
bu — hujjatlar bo'lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlami boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniya- tini nazarda tutuvchi moliyaviy instrumentdir1. Qimmatli qog'ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida ifodalanadi.
Umuman olganda, monetizatsiyalashgan (pul bilan ta’minlan- gan) real bazisga ekvivalent («egiz-analog») qiymatga (bahoga) va xossalarga ega bo'lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, o‘ziga xos bozordagi moliyaviy munosabatlarni bel- gilovchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, muayyan hollarda ma’lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har xil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo'ladigan ham investitsion kapital (aktiv, maxsus fond jamg'armasi boyligi, qimmatli qog'ozlar portfeli), ham to'lov vositasi, ham alohida fond bozori tovaridir.
Qimmatli qog'oz bir vaqtning o'zida iqtisodiy kategoriya va yuridik konstruksiya sifatida mazmunga ega.
Qimmatli qog'ozning ekvivalentlik xossasi moliyaviy instru­mentlaming boshqa turlari singari bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo'lishi mumkin. Ushbu xossa evaziga qimmatli qog'ozlar ularni chiqaruvchisining (emitentining) «egiz analogi» (ya’ni, ekviva-



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin