malasi jarayonidagi) xossalari (ma’lum ko'rsatkichlar bilan'ifoda- langan) sifat darajasini belgilaydi. Natijada, har qanday bazis va uning ekvivalenti bo‘lgan qimmatli qog‘oz o‘z bozorlarida erkin muomalada bo‘lib, bir-biriga o‘zaro mazmun, demak, jon ato etib, uzviy bog'liqlikda, har biri o'zining alohida bozor xossalari va xususiyatlariga ega bo'ladi. Bu qonuniyat qimmatli qog‘ozni pul agregatlari tarkibiga kiritilishini ta’minlaydi, uning yordamida real kapitalni parallel jonlantiruvchi (ya’ni, yangidan jon ato etuvchi) va uning bozor qiymatini orttiruvchi alohida moliyaviy instrument sifatida belgilaydi. Shuning uchun qimmatli qog‘oz «fond instrument!» sifatida «fond boyligi» deb ifodalanadi, uning yordamida real boyliklar (bazis)ga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu esa fond bozori konyunkturasiga bog'liq holda boyliklarni bir subyektdan boshqasiga o'tishi (harakati)ni ta’minlaydi, natijada qimmatli qog'ozlar bozori orqali moliyaviy resurslarni iqtisodiyotda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishining qonuniyatli jarayoni vujudga keladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, ekvivalentlilik tamoyili asosida qimmatli.qog'oz va uning real bazisini o'zaro «egiz-analog» sifatida 4-chizmada keltirilgan chizma bilan ifodalash mumkin. Chizmada: В — bazis (ya’ni, qimmatli qog'ozning bazisi); QQ — bazisga ega bo'lgan qimmatli qog'oz; ikki taraflama yo'nalti-rilgan strelka Вva QQ o'rtasidagi ekvivalent bog'liqlikni bildiradi.
4-chizma. Qimmatli qog'oz va uning bazisi ekvivalentliligi chizmasi. 4-chizmada bazisni (B) real modellashtirilayotgan (tadqiq etila- yotgan) obyekt sifatida, qimmatli qog'ozni (QQ) esa obyekt modeli deb qabul qilish mumkin. Bu esa obyektning matematik modelini uning ekvivalenti bo'lmish qimmatli qog'oz xossalari (ko'rsatkichlari) yordamida ifodalash orqali matematik modellash- tirish imkonini beradi. 4-chizmaga asosan, makroiqtisodiy darajada real sektor va qimmatli qog'ozlar bozori o'rtasidagi ekvivalentlilik bog'lanishni 5-chizmada keltirilgan model ko'rinishida ifodalash mumkin. Ushbu