qarorga o‘z ovozini bergan holda aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Aksiyada ko'rsatilgan pul summasi nominal qiymat deb nomlanadi. Aksiya sarmoyadorga birinchi marta sotilganidan keyin bu qiymat aksiyaning fond bozoridagi keyingi harakati uchun hech qanday jiddiy ahamiyatga ega emas va ulush sarmoyasi hajmini tavsiflagan holda axborot xususiyatiga ega bo'ladi. Ko'pchilik, ayniqsa, aksiyadorlik mulki ustun turadigan (AQSH) mamlakatlarda aksiyalar ularda nominal qiymat ko'rsatilmagan holda chiqariladi. Faqat kompaniya ustav sarmoyasi muayyan ulush miqdoriga bo'linganligi ko'rsatiladi. Ay rim iqtisodchilar, umuman aksiyaga xaridor qancha pul to'lashga tayyor bo'lsa, uning narxi shuncha, deb hisoblashadi. Biroq, aksariyat mamlakatlarning aksiyalarida nominal qiymat baribir ko'rsatiladi. Aksiyalarga nominal qiymatning belgilanishi fond bozori endi- gina rivojlanib borayotgan O!zbekiston uchun ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan. Bu, birinchidan, nominal qiymat qimmatli qog'oz egasiga aynan ruhiy ta’sir ko'rsatadi va unga bu oddiygina mavhum majburiyat emas, balki ma’lum bir miqdordagi mulkiy unvon, deb hisoblashga asos beradi. Bundan tashqari, chiqarilgan aksiyalaming nominal qiymatidan aksiyadorlik jamiyatining ustav sarmoyasi vujudga keladi. Aksiyalami nominal qiymatisiz chiqarish, shubhasiz, hisobga olishda qiyinchiliklar tug'dirgan bo'lar edi. Va nihoyat, aksiyalami ikkilamchi bozorda sotishda nominal hamda kuis qiymati o'rtasidagi ijobiy farq imkoniyatli sarmoyador uchun kompaniyadagi ishlar ahvoliga nisbatan ayrim xulosalami chiqarish imkonini beradi, bu qimmatli qog'ozlami xarid qilish haqida qaror qabul qilishda juda muhimdir. Turli mamlakatlarda aksiyalaming eng kam (minimal) nominal qiymatlari turiicha belgilangan. Aksiyaning bozorda sotiladigan narxi aksiya kuni deb nomlanadi. Bu aksiyalar bahosining asosiy shaklidir. Ushbu nan aksiyaning real qiymatini belgilab beradi.
39
Aksiyalar kursi aksiya bo'yicha olinadigan dividendga bevosita bog'liq bo'lsa, ssuda foizining me’yoriga nisbatan teskari munosabatda bo'ladi. Aksiyalar kursi — bu kapitallashtirilgan dividend bo'lib, u pul sarmoyasi summasiga tenglashtiriladi, ushbu kapital bankka qo'yilgan yoki qarzga berilgan holda aksiya bo'yicha olinadigan dividendga teng miqdorda daromad keltiradi. Kurs bahosiga, dividend va qarz me’yoridan tashqari, boshqa omillar ham ta’sir ko'rsatadi, bu haqda keyinroq so'z yuritiladi.