Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə34/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179
3-176 Moliya bozori

47




riyatlami so'ndirishgava qaysi bin daromadlar keltirayotgan obyekt- dan foydalanishning joriy xarajatlarini qoplashga hamda munitsi- palitetga yo'naltirilishi haqida kelishib olinadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda munitsipal obligatsiyalar, odatda, banklar, nufuzli firmalar kafolati ostida chiqariladi va birinchi darajali aksiyalar darajasida baholanadi. Ular juda ommabop bo'lib, eng foydali investitsiya aktivlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda sobiq Ittifoq respublikalarida bo‘sh turgan pul mab- lag'larini jalb qilishning mazkur g'oyat foydali usulidan foydala- nilmayapti. Buning asosiy sababi, munitsipal obligatsiyalami chi- qarish konsepsiyasini ishlab chiqishga qodir bo'lgan malakali kadrlarning yo'qligi, mahalliy hokimiyatlaming o‘z bo'yniga bepul majburiyatlar o'miga to’lovli majburiyatlar olishni xohlamasligi, mahalliy budjetlarning davlat budjetlaridan subsidiyalashning eskirib qolgan amaliyoti (munitsipal obligatsiyalami chiqarish loyihasini ishlab chiqish va uni joriy etish — «bosh og'riq», qaysiki bu yuqoridan keladigan dotatsiyalami qisqartirib qo'yishga olib keladi) va h.k.
O'zbekistonda mahalliy zayomlar obligatsiyalari amalda qo’llanil- mayotganligiga qaramay, ulami chiqarishning istiqboli g‘oyat yuksak. Munitsipal zayomlar bo'yicha mablag‘lami to‘plash muvaflaqiya- tining jiddiy omili respublikada o'zini o‘zi boshqarishi idoralarining ajoyib muassasasi - mahalla qo'mitalarining mavjudligidir. Hokimiyatlaming mahalla qo‘mitalari bilan ishlashini faollashtirish, ularga mahalliy zayomlar obligatsiyalarini sotish orqali obodon- chilik va ijtimoiy obyektlami qurish bo'yicha turli loyihalami ishlab chiqish borasida ko'maklashish yaqin kelajakda o'zining sezilarli natijasini bergan bo‘lar edi.
Korxonalar obligatsiyalari
Korporativ obligatsiyalar —
ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin