O'zJbekiston Respublikasining g'az/ta majburiyatlari — emissiya- viy qimmatli qog'ozlar egalari 0‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag'lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog*ozlar. 0‘zbekistonda g‘azna majburiyatlarining .quyidagi turlari chiqariladi: Uzoq muddatli - 5 va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi mumkin (xalqaro amaliyotda ular BOND degan nomni olishgan).
0‘rta muddatli — 1 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatga chiqariladigan (NOTE).
Qisqa muddatli — 1 yilgacha, 3, 6 va 9 oygacha bo'lgan muddatga chiqariladigan (BILL).
«Uzoq muddatli va o‘rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risida»gi qaror 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi tomonidan, qisqa muddatlilami chiqarish qarori esa — Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. O‘z tabiatiga ko'ra, xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda xazina majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular bo'yicha daromadlami qimmatli qog'ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin. VekseUar
Veksel (nemis. IFec/ise/so'zidan olingan) — veksel beruvchining yoki vekselda ko'rsatilgan boshqa to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda,'veksel egasiga muayyan summani to‘-
51
lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qim- matli qog'oz. *
Oddiy veksel (solo veksel) — bu qarzdoming (veksel beruv- chining) muayyan pul summasini ko'rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to'lash majburiyatini ifodalovchi hujjat. O'tkazma veksel (tratta) — bu veksel beruvchi kreditor (frassanf)ningqarzdor (trassat)ga ma’lum pul summasini ko'r- satilgan muddatda uchinchi shaxs birinchi oluvchi (remitenf)ga to'lashi buyrug'ini ifodalovchi hujjat. 0‘tkazma veksel, agar u qarzdor — trassat tomonidan aksept- lanmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga ega bo'lmaydi. Aksept (to'lash uchun rozilik) yozma ravishda vekselning ustki tomonida amalga oshiriladi. Aksept umumiy yoki chegaralangan (qisman) bo'lishi mumkin. Qismli aksept — bu qarzdoming veksel valutasi bir qismini to'lash uchun yozma ravishdagi roziligidir. Veksel akseptlanmagan hollarda yoki u bo'yicha to'lovdan bosh tortilsa, veksel bo'yicha da’vo qilinishi mumkin. Bunda uning egasida veksel bo'yicha majburiyatga ega bo'lgan oldingi shaxslarga regress, ya’ni qaytarma talab tartibida to'lash huquqi paydo bo'ladi. Veksel majburiy rekvizitlarga ega bo'lishi lozim, ulardan hech bo'lmaganda bittasining yo'qligi vekselni haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi. Oddiy vekselning majburiy rekvizitlari: Qimmatli qog'ozning nomi.
Muayyan summani to'lash haqida oddiy va hech narsa bilan shartlanmagan va’da.
To'lov muddati.
To'lov joyi.
To'lov kimga yoki kimning buyrug'i bilan bajarilishi lozim.