Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə40/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179
3-176 Moliya bozori

54




ham akseptga taqdim etilishi hamda akseptlanishi mumkin va trassat u bo'yicha vekselni muddatigacha qabul qilgandek javob beradi.
Odatda, veksel akseptga banklar tomonidan to'lovchining manzili bo'yicha taqdim etiladi. Trassat unga veksel birinchi marta taqdim etilganidan bir kundan so'ng uni ikkinchi marta taqdim etili- shini talab qilish huquqiga ega. Agar u ushbu muddatdan so'ng qabul qilinmasa, u holda veksel qabul qilinmagan hisoblanadi. Trassat vekselni aksept uchun o‘zida qoldirishni talab qilish huqu­qiga ega emas.
Aksept, odatda, vekselning ustki tomoni chap qismida belgila- nadi va to'lovchining imzosi majburiy ravishda qo'yilgan holda «akseptlangan», «qabul qilindi», «to'layman» so'zlari bilan ifoda- lanadi. Vekselning ustki tomonidagi oddiy imzo ham vekselning qabul qilinganligini anglatadi.
Veksel istalgan summaga 3 oy muddatgacha, istisno hollarda esa 6 oygacha yozilishi mumkin. U «belgilangan kunga» yoki «tuzil- gan kundan qandaydir yilga» muddat bilan berilishi mumkin. Agar vekselda muddat ko‘rsatilmagan bo‘Isa, u taqdim etilganda to'lanishi lozim bo'lgan veksel sifatida ko‘rib chiqiladi.
Veksel belgilangan shakldagi blanklarda yoziladi. Veksellarning namunaviy blanklari markazlashtirilgan yo‘l bilan «Davlat belgisi» Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va tijorat banklari o'rtasida tarqatiladi. Korxona va tashkilotlar veksellar blanklarini tijorat banklarida hisob-kitob raqami yuritiladigan joyda sotib olishi mumkin. Veksellar blanklarini berish chog'ida bank mijozning moliyaviy xo'jalik ahvolini, uning to'lovga qobiliyatini tekshirishi lozim. Bunda bank veksel summasini uning muomalada bo'lishini maxsus daftarda qayd etadi. Bank rahbarlari veksellar blanklarining berilishi va veksel summalarining ro'yxatga olinishi uchun shaxsan javobgardir.
To'lov muddati kelib, veksel taqdim etilgan yilda veksel beruvchi unda ko'rsatilgan summani veksel egasiga to'lashga majbur, shundan so'ng ikki kunlik,muddatda veksel berilganligini ro'yxatga


55




olgan bankka veksel bo'yicha to'lov amalga oshirilganligi haqida xabar berishi kerak. Agar veksel mudd^tida to'lanmagan bo'lsa, bank qarzdor korxonaning hisob raqamiga kelib tushadigan pul mablag'larini veksel bo'yicha majburiyatlami qoplash hisob raqa­miga o'tkazish huquqiga ega.
Agar veksel bo'yicha to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmasa, veksel egasi veksel so'ndirilishi lozim bo'lgan kundan keyingi 2. ish kuni ichida to'lanmaganlik haqida qat’iy norozilikni rasmiy- lashtirishi, shundan keyin veksel beruvchi va indossantlarga nisbatan da’vo qilishi mumkin (vekselni bergan va indossirovka qilgan barcha shaxslar vekselning egasi oldida birgalikda majburiyatga ega). Agar to'lovchi to'lovga qodir bo'lmaganligi bois, to'lovlami to'xtatib qo'ysa, da’vo to'lov muddati kelishidan oldin ham qilinishi mum- kin, hatto bu holat sud tomonidan belgilanmagan bo'lsa ham.
Veksel egasi vekselni indossirovka qilgan barcha shaxslarga yoki ulaming har biriga alohida, ular bir-biriga vekselni o'tkazgan ketma - ketlikdan qat’i nazar, da’vo qilishi mumkin. Xuddi shunday da’vo qilish huquqiga vekselga imzo chekkan har bir shaxs, u vekselni to'lagandan keyin ega bo'ladi.
Veksel egasi veksel bo'yicha da’vo qilingan shaxsdan quyida- gilami talab qilishi mumkin:

  • vekselning to'lanmagan summasi va foizlarni, agar ular shartlangan bo'lsa;

  • to'lov muddati kelgan kundan boshlab Markaziy bank hisob stavkasi miqdoridagi foizlarni;

  • da’vo qilish bo'yicha xarajatlami (xabamomani jo'natish, boj va boshq.);

  • to'lov muddati kelgan kundan boshlab Markaziy bank hisob stavkasining yarmi miqdoridagi penyani.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-mart- dagi Farmoniga muvofiq, korxona va tashkilotlarning veksellarni chiqarishiga faqat ularga yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar qilishga ularda pul mablag'lari yetishmov- chiligini qoplash uchun xizmat ko'rsatayotgan bank tomonidan majburiy tarzda veksel topshiriqnomasi (aval)ning rasmiylash- 56




tirilishi bilan ruxsat beriladi. Aval bank tomonidan faqat korxo- naning likvidli aktivlarining garovga qo'yilishi ostida rasmiylash- tirilishi mumkin.
Veksellami trast boshqaruviga topshirish, shuningdek, veksellar bilan kreditlar berilishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, budjet oldida boqimandalikka ega bo'lgan veksel egalari bo'lmish korxona va tashkilotlar ushbu oyda qoplash muddati kelgan veksellami tovar (ish, xizmatjlar narxini to'lash uchun foydalanish huquqiga ega emas. Veksel egalariga qayd etilgan veksellami so'ndirish uchun kelib tushadigan pul mablag‘lari budjetga boqimandalik mavjud bo'lgan hisob raqamga o'tkazilishi lozim.
Tijorat banklariga veksel beruvchi korxonalar uchun maxsus hisob raqamlar ochish vazifasi topshirilgan. Ushbu hisob raqamlarda veksellami so'ndirish yilida banklar veksel beruvchilarning kerakli miqdordagi pul mablag'larini zaxirada ushlab turishi zarur. Veksel beruvchida vekselni so'ndirish yilida veksel egasiga unga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'lami veksel topshiriqnomasi (aval) asosida o'z yilida to'lash uchun be'sh pul mablag'lari bo'lmasa, so'ngra qarzdor korxonaga veksel noroziligi va jazo choralari tadbirini qo'llashi mumkin.

Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin