Opsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi opsion xaridori (egasi) - ma’lum miqdordagi qimmatli qog'ozlami sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo'ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga yozuvchi) - tegishli ravishda ushbu qimmatli qog'ozlami sotish yoki xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. Barcha opsionlar ikki xilga bo'linadi. Xarid qilish uchun opsion «kollopsion» (sail) va sotish uchun opsion — rutopsion (rut).Xarid qilish opsioni (sail) kelajakda hosila qimmatli qog‘oz tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi. Sotish opsioni (rut) o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Opsionlar «Yevropa opsionlari» va «Amerika opsionlari»ga bo‘linadi. Yevropa opsioni - bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir. Amerika opsioni - bu uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada istalgan yilda ruxsat etiladigan shartnomadir. Opsionning ijro etishi bahosi - bazis aktivining opsion shartnomasida kelishilgan narxi. Mukofot — xaridor tomonidan sotuvchiga opsion sertifikatidan ko'chirmaga qarshi to'lanadigan opsion narxi. Ichki qiymat - shartnoma zudlik bilan sotilgan vaziyatda opsion egasi olishi mumkin bo'lgan daromad. U bazis aktivining joriy narxi va shartnomada kelishilgan ijro narxi o‘rtasidagi farqning miqdoriga teng. Tashqi qiymat — mukofot hamda opsionning ichki qiymati o‘rtasidagi farq, uning hajmi shartnomaning muddatliligiga, kursning barqarorligiga va foiz stavkalarining dinamikasiga bog‘- liq Opsion va fyuchers savdolarining negizida olibsotariik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining ko'tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi. Sall opsioni chog‘idagi kontragentlar o'yinining mexanizmini ko'rib chiqamiz. Ushbu opsion shartlariga ko‘ra, opsion egasi qimmatli qog‘ozlami shatfnomaga obuna bo'lgan shaxsdan keli-
63
shilgan narx bo'yicha sotib olish huqqqiga ega. Mazkur huquq ma’lum muddat davomida amal qiladi. Opsionni sotib olish chog‘ida xaridor sotuvchiga mukofot to'laydi. Opsion sotuvchisi (ustiga yozuvchi) agar aksiyalar egasi ushbu qimmatli qog'ozni sotishni talab qilsa, ulami sotishga majburdir. 0‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, opsion- lar ular emitentining ilgari chiqarilgan shaxsiy qimmatli qog'oz- larini ham, uchinchi shaxslar qimmatli qog'ozlarini ham xarid qilish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Bazis aktivi emitentning birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan shaxsiy qimmatli qog'ozlaridan iborat bo'lgan opsionlaming chiqarilishiga yo‘l qo'yilmaydi. Opsionlar egasining nomi yozilgan va ko‘rsatuvchi egalik qila- digan turlarda bo'lishi mumkin. 0‘zbekiston Respublikasida opsionlar o'ziga amerikacha xildagi opsionning belgilarini jamladi, ya’ni opsion egasi o‘zining bazis aktivini xarid qilish yoxud sotish huquqini yo ma’lum bir muddat davomida yoki aniq bir sanada amalga oshiradi. Opsionning majburiy rekvizitlari:
nomi: «xarid qilish uchun opsion» yoki «sotish uchun opsion»;
Opsionlar bilan operatsiyalar qimmatli qog'ozlaming biija hamda biijadan tashqari bozorlarida amalga oshirilishi mumkin. Opsionning turlaridan biri varrant hisoblanadi. Varrant — bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog'ozlami xarid qilish huquqini olganligini