ko'rsatishni nazarda tutadi. O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u imkoniyatli sarmoyadoiga muayyan qimmatli qog'oz- lami xarid qilish yoki sotish bo'yicha tavsiyalar berish huquqiga ega emas, faqatgina unga mustaqil qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni berishi mumkin. Investitsiya maslahatchilari quyidagi ishlar turlarini amalga oshiradi:
aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish hamda qimmatli qog'oz- lami muomalaga chiqarish konsepsiyalarini ishlab chiqish, emissiya risolasini tayyorlash, emissiya risolasini davlat tomonidan vakolat- langan organlarda ro'yxatdan o'tkazishga ko'maklashish;
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bilan bog‘liq ishlami tayyorlash va ulami amalga oshirish, ta’sis hujjatlari- ning loyihalarini ishlab chiqish hamda ulami ro‘yxatdan o'tkazishga ko'maklashish, qimmatli qog'ozlar nashrini depozitariyda ro'yxat- dan o'tkazish, xususiylashtirilayotgan korxonaning aksiyalashtirish va shunga o'xshash masalalar bo'yicha manfaatlarini davlat boshqaruvining barcha idoralarida ifoda etish;
kasbga o'qitish (qimmatli qog'ozlar bozori sohasida mutaxas- sislami tayyorlash va qayta tayyorlash);
emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari bo'yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, qimmatli qog'ozlar bozorining ishtirokchilariga axborot xizmatlarini ko'rsatish: maxsus byulletenlar, axborotnomalar chiqarish, buyurtma bo'yicha emitentlarning faoliyati, ularning qimmatli qog'ozlari haqidagi axborotni taqdim etish, vositachini tanlash bo'yicha tavsiyalar berish va h.k.;
mijozning topshirig'iga ko'ra, u yoki bu qimmatli qog'ozlar- ning reklama qilinishini tashkil etish;
emitentlar, investitsiya muassasalarining fond bozoridagi faoliyati bilan bog'liq konsalting xizmatlari (kontragentlar, kadr- lami tanlash va joy-joyiga qo'yish, aksiyadorlaming umumiy yig'ili- shini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berish);
qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilariga ushbu bozorga oid qonun hujjatlari bo'jlcha maslahatlar berish;